QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tur surasi · Oyatсураси · Оят23

يَتَنَـٰزَعُونَ فِيهَا كَأْسًا لَّا لَغْوٌ فِيهَا وَلَا تَأْثِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular unda qadahlarni bir-birlariga uzaturlar. U yerda behuda sergaplik va gunoh yo`q.Улар унда қадаҳларни бир-бирларига узатурлар. У ерда беҳуда сергаплик ва гуноҳ йўқ.Alauddin Mansour: Ular u joyda (shunday sharob) kosalarini talashib — qoʻlma-qoʻl qilib ichurlarki, u (sharob)da (yaʼni, uni ichganlari sababli) na behuda-sergaplik va na gunoh boʻlar.Улар у жойда (шундай шароб) косаларини талашиб — қўлма-қўл қилиб ичурларки, у (шароб)да (яъни, уни ичганлари сабабли) на беҳуда-сергаплик ва на гуноҳ бўлар.

524-sahifa · 27-juz · 53-hizb524-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَتَنَـٰزَعُونَbir-birlariga uzaturlarбир-бирларига узатурларفِيهَاundaундаكَأْسًۭاqadahniқадаҳниلَّاyoʻqйўқلَغْوٌۭbehuda sergaplikбеҳуда сергапликفِيهَاundaундаوَلَاva yoʻqва йўқتَأْثِيمٌۭgunohгуноҳ
TafsirТафсир

Jannat noz-neʼmatlarining bu dunyonikidan tubdan farq qilishiga yana bir misol: bu dunyoda sharob ichgan kishining boshi ogʻriydi, boʻlak aʼzolarida ham ogʻriq paydo boʻlishi mumkin, aqli ketib, turli qiliqlar qiladi, har xil boʻlmagʻur gaplar gapiradi va gunoh ishlarga qoʻl uradi. Oxirat sharobida esa, bunday noxush ishlarning birontasi roʻy bermas ekan. Shunday farogʻatda turgan baxtiyorlarning zavqiga zavq qoʻshish uchun atroflarida xizmat qilib yuruvchilar ham nihoyatda chiroyli va yoqimli boʻlar ekanlar.