فَمَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْنَا وَوَقَىٰنَا عَذَابَ ٱلسَّمُومِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Alloh bizga marhamat qildi va bizni do`zax azobidan saqladi.Бас, Аллоҳ бизга марҳамат қилди ва бизни дўзах азобидан сақлади.Alauddin Mansour: Mana, Alloh bizlarga marhamat koʻrgizdi va bizlarni samumdan (yaʼni, badanlarni ilma-teshik qilib yuboradigan doʻzaxiy shamoldan) saqladi.Мана, Аллоҳ бизларга марҳамат кўргизди ва бизларни самумдан (яъни, баданларни илма-тешик қилиб юборадиган дўзахий шамолдан) сақлади.
Alloh taolo kofirlarning oqibati nima boʻladi-yu, taqvodorlarning oqibati nima boʻlishini bayon qilib oʻtgandan soʻng, endi Paygʻambari Muhammad alayhissalomni daʼvatda sobit boʻlishga buyuradi. Shu bilan birga, kofirlarning «sen folbinsan» yoki «jinnisan»ga oʻxshash botil tuhmatlariga eʼtibor bermaslikka chaqiradi.
Ey Paygʻambar!