QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tur surasi · Oyatсураси · Оят29

فَذَكِّرْ فَمَآ أَنتَ بِنِعْمَتِ رَبِّكَ بِكَاهِنٍ وَلَا مَجْنُونٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, eslatgin: sen Robbing ne'mati ila folbin ham emassan, majnun ham emassan.Бас, эслатгин: сен Роббинг неъмати ила фолбин ҳам эмассан, мажнун ҳам эмассан.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom) siz (insonlarga Qurʼon oyatlari bilan) pand-nasihat qilavering! Chunki siz Parvardigoringizning neʼmat-marhamati bilan kohin-folbin ham, majnun ham emasdirsiz.Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) сиз (инсонларга Қуръон оятлари билан) панд-насиҳат қилаверинг! Чунки сиз Парвардигорингизнинг неъмат-марҳамати билан коҳин-фолбин ҳам, мажнун ҳам эмасдирсиз.

524-sahifa · 27-juz · 53-hizb524-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَذَكِّرْbas, eslatginбас, эслатгинفَمَآbas, emassanбас, эмассанأَنتَsenсенبِنِعْمَتِneʼmati ilaнеъмати илаرَبِّكَRobbingРоббингبِكَاهِنٍۢfolbinфолбинوَلَاva emasва эмасمَجْنُونٍmajnunмажнун
TafsirТафсир

Oyatdagi «kohin» soʻzini biz «folbin» deb tarjima qildik. Aslida, Arabiston yarim orolida kohin alohida tushunchadir. U, jinlar bilan aloqasi borligini va gʻoyibdan xabar berishni daʼvo qiluvchi shaxsdir. Shuningdek, kohinlar: ruhlar, xudolar bilan ham aloqamiz bor, deyishadi va baʼzan tabiblik daʼvosini ham qilishadi. Kohinlar oʻzlarini sirli qilib koʻrsatish maqsadida oʻzgacha ohangda soʻzlashishadi, gʻayritabiiy jumlalar tuzib gapirishadi. Koʻpchilik orasida ularning orboʻlari katta boʻlgan. Folbinlik evaziga moʻmaygina haq ham olishgan, bu haq «hulvonul kohin» deb nomlangan.

Dushmanlar Muhammad alayhissalomni ham oʻsha kohinlarga oʻxshatishdi. Buning ham jinlar bilan aloqasi bor, vahiy degani shu, deyishdi. Alloh taolo bu botil tuhmatni rad etmoqda.

«Bas, eslatgin: sen Robbing neʼmati ila folbin ham emassan, majnun ham emassan.»

Kohinlar hech qachon kishilarni Allohning ibodatiga chaqirmagan, yaxshi odob-axloqlarga undamagan; ular kufr va fisqu fasodga qarshi chiqmaganlar, gunoh ishlarni oʻzlari qilaverganlar va hokazo. Shu bilan birga, kohinlar xizmatlari evaziga haq talab etishardi. Muhammad alayhissalom esa, daʼvat uchun hech qachon haq olmaganlar.

Ikkinchi tuhmat–Paygʻambar alayhissalomni jinni deyishlikdir. Bu–aql ishonmaydigan gap. Ozgina esi bor odam bu gapni aytmaydi. Lekin noiloj qolgan mushriklar nima qilib boʻlsa ham u kishiga qora surtish maqsadida ogʻizlariga kelganini qaytarmay gapirganlar. U zoti bobarakotda zarracha jununlik xislati bor deb oʻylashlikning oʻzi gʻirt jinnilikdir.

Muhammad alayhissalomni «kohin» va «majnun» degan tuhmatlar rivoj topmaganidan soʻng, mushriklar u zotni «shoir» deb, Qurʼonni esa «sheʼr» deb, tuhmat qila boshladilar. Bu haqda kelasi oyatlarda soʻz ketadi.