QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tur surasi · Oyatсураси · Оят30

أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَّتَرَبَّصُ بِهِۦ رَيْبَ ٱلْمَنُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki: «U — shoir, biz unga o`lim yetishini kutamiz», derlar?Балки: «У — шоир, биз унга ўлим етишини кутамиз», дерлар?Alauddin Mansour: Balki ular (mushriklar: «Muhammad), bir shoirdir. Bizlar unga zamon hodisot-balolari (yetishi)ni kuturmiz», derlar?!Балки улар (мушриклар: «Муҳаммад), бир шоирдир. Бизлар унга замон ҳодисот-балолари (етиши)ни кутурмиз», дерлар?!

524-sahifa · 27-juz · 53-hizb524-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْbalkiбалкиيَقُولُونَderlarдерларشَاعِرٌۭshoirdirшоирдирنَّتَرَبَّصُkutamizкутамизبِهِۦungaунгаرَيْبَyetishiniетишиниٱلْمَنُونِoʻlimўлим
TafsirТафсир

Mushriklar bir-birlariga «Sabr qilib, oʻz bilganingizda sobit turinglar, unga oʻlim yetsa, qutulamiz», deb maslahat qilishar edilar. Alloh taolo oʻz Paygʻambariga nima deyishni oʻrgatdi va u kishi mazkur gaplarni aytdilar ham:

«Aytgin: «Kutinglar, albatta, men ham sizlar bilan birga kutuvchidirman».

Ushbu oyat Qurʼoni Karimning buyuk moʻʼjizalaridan boʻlib qoldi. Bu oyat tushganda Islom endigina yangi qadam qoʻymoqda, dushmanlar esa, juda koʻp va kuchli edilar. Ammo ozgina vaqt oʻtishi bilan, Islom dushmanlari halok boʻldilar, Paygʻambar alay- hissalom va Islom gʻolib boʻldilar, haq din butun dunyoga yoyildi.

Muhammad alayhissalomni «shoir» deyish eng kuchsiz tuhmatdir. Ul zot umrilarida hech qachon sheʼr aytmaganlar, Qurʼoni Karim sheʼr emas. Qurʼon, shaksiz, ilohiy kalomdir.

Endi, Qurʼoni Karim mazkur botil tuhmatlar haqida savollar beradi: