QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tur surasi · Oyatсураси · Оят31

قُلْ تَرَبَّصُوا۟ فَإِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُتَرَبِّصِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Aytgin: «Kutinglar, albatta, men ham sizlar bilan birga kutuvchidirman».Айтгин: «Кутинглар, албатта, мен ҳам сизлар билан бирга кутувчидирман».Alauddin Mansour: Ayting: «Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutguvchilardandirman. (Qani, baloga kim yoʻliqar ekan)».Айтинг: «Кутаверинглар! Мен ҳам сизлар билан бирга кутгувчилардандирман. (Қани, балога ким йўлиқар экан)».

524-sahifa · 27-juz · 53-hizb524-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтتَرَبَّصُوا۟kutinglarкутингларفَإِنِّىbas, albatta, menбас, албатта, менمَعَكُمsizlar bilan birgaсизлар билан биргаمِّنَ-dan-данٱلْمُتَرَبِّصِينَkutuvchilarкутувчилар
TafsirТафсир

Mushriklar bir-birlariga «Sabr qilib, oʻz bilganingizda sobit turinglar, unga oʻlim yetsa, qutulamiz», deb maslahat qilishar edilar. Alloh taolo oʻz Paygʻambariga nima deyishni oʻrgatdi va u kishi mazkur gaplarni aytdilar ham:

«Aytgin: «Kutinglar, albatta, men ham sizlar bilan birga kutuvchidirman».

Ushbu oyat Qurʼoni Karimning buyuk moʻʼjizalaridan boʻlib qoldi. Bu oyat tushganda Islom endigina yangi qadam qoʻymoqda, dushmanlar esa, juda koʻp va kuchli edilar. Ammo ozgina vaqt oʻtishi bilan, Islom dushmanlari halok boʻldilar, Paygʻambar alay- hissalom va Islom gʻolib boʻldilar, haq din butun dunyoga yoyildi.

Muhammad alayhissalomni «shoir» deyish eng kuchsiz tuhmatdir. Ul zot umrilarida hech qachon sheʼr aytmaganlar, Qurʼoni Karim sheʼr emas. Qurʼon, shaksiz, ilohiy kalomdir.

Endi, Qurʼoni Karim mazkur botil tuhmatlar haqida savollar beradi: