أَمْ تَأْمُرُهُمْ أَحْلَـٰمُهُم بِهَـٰذَآ ۚ أَمْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo aqllari shunga buyuradimi, yoki ular tug`yonga ketgan qavmlarmi?Ё ақллари шунга буюрадими, ёки улар туғёнга кетган қавмларми?Alauddin Mansour: Balki ularning «aqllari» mana shunday («dono» soʻzlarni aytishga) buyurar?! Yoki ular tugʻyonga tushgan qavmlar(ki, bunday soʻzlarni aytishlariga sabab oʻsha tugʻyonmi)?!Балки уларнинг «ақллари» мана шундай («доно» сўзларни айтишга) буюрар?! Ёки улар туғёнга тушган қавмлар(ки, бундай сўзларни айтишларига сабаб ўша туғёнми)?!
Quraysh qabilasi oʻzlarini oʻtkir aql egalari deb hisoblashardi va bu bilan faxrlanib yurishardi. Ammo Islomga qarshi chiqishlari, Paygʻambar alayhissalomga tuhmat qilishlari aqlli kishilarning ishi emasdi. Shuning uchun Qurʼoni Karim,
«Aqllari shunga buyuradimi?» deb ularni uyaltiryapti va, shu bilan birga, ular tugʻyonga ketganlari uchun shunday qilayotganlarini taʼkidlamoqda:
«yoki ular tugʻyonga ketgan qavmlarmi?»
Quraysh mushriklari esa, tuhmat toshlarini otishda davom etib, Muhammad alayhissalomni yolgʻonchilikda, Qurʼonni ham yolgʻondan toʻqiganlikda aybladilar.