QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tur surasi · Oyatсураси · Оят34

فَلْيَأْتُوا۟ بِحَدِيثٍ مِّثْلِهِۦٓ إِن كَانُوا۟ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularning gapi rost bo`lsa, u(Qur'on)ga o`xshash so`zni keltirsinlar.Агар уларнинг гапи рост бўлса, у(Қуръон)га ўхшаш сўзни келтирсинлар.Alauddin Mansour: U holda agar rostgoʻy boʻlsalar oʻzlari ham oʻsha (Qurʼon)ga oʻxshash biron soʻz — kitob keltirsinlar-chi?!У ҳолда агар ростгўй бўлсалар ўзлари ҳам ўша (Қуръон)га ўхшаш бирон сўз — китоб келтирсинлар-чи?!

525-sahifa · 27-juz · 53-hizb525-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلْيَأْتُوا۟bas, keltirsinlarбас, келтирсинларبِحَدِيثٍۢsoʻzсўзمِّثْلِهِۦٓunga oʻxshashунга ўхшашإِنagarагарكَانُوا۟boʻlsalarбўлсаларصَـٰدِقِينَrostgoʻyростгўй
TafsirТафсир

Yaʼni, mushriklar vahiyga ishonmayotgan, Qurʼonni Muhammadning oʻzi toʻqiyapti, deyayotgan ekanlar, unda, oʻzlari ham Qurʼonga oʻxshash matn ijod qilsinlar-chi! Nega deganda, bir odamning qoʻlidan kelgan ishni boshqa odam ham qila oladi. Ayniqsa, arablar dunyoda soʻz ustasi sifatida nom chiqarganlar. Birovda oʻziga ishonch kuchli boʻlmasa, oʻzgalarni lol qoldiruvchi taklifni qila olmaydi, sharmanda boʻlishdan qoʻrqadi. Din dushmanlari oʻz daʼvolarini isbot qilish maqsadida juda koʻp urinishgan. Qoʻllaridan kelgan hamma imkoniyatlarni ishga solishgan, lekin ilojini qila olmaganlar.

Qadimda, oʻz zamonining eng koʻzga koʻringan adibi, arab tili sir-asrorlarining barchasidan xabardor, zabardast bir shoirga hamma imkoniyatlarni keragidan ortiqcha yaratib berishgan. Uni bir maskanga joylashib, maʼlum muddat belgilashgan. Rejaga koʻra, oʻsha shoir va adib butun imkoniyatlarini ishga solib, Qurʼon matniga yaqin matn yaratishi lozim edi. Oy oʻtib-yil oʻtib, belgilangan muddat kelib, eshikni ochib kirishsa, shoirlari musulmon boʻlib, ixlos bilan Qurʼon tilovat qilib oʻtirgan emish.

Demak, hozirgacha biror kishi bu ishni uddalay olmagan, uddalay olmaydi ham. Alloh taolo buni Oʻzi Qurʼonda aytib qoʻygan. Muhammad alayhissalomning Paygʻambarliklari chin ekanligi, Qurʼoni Karimning ilohiy vahiy ekanligi isbot qilingandan soʻng, endi dahriylarning Yaratganni inkor qilishlariga raddiya keladi: