QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tur surasi · Oyatсураси · Оят35

أَمْ خُلِقُوا۟ مِنْ غَيْرِ شَىْءٍ أَمْ هُمُ ٱلْخَـٰلِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki, ular, hech narsadan hech narsa yo`q, o`zlari yaralgandirlar?! Yoki ular yaratuvchilarmi?Балки, улар, ҳеч нарсадан ҳеч нарса йўқ, ўзлари яралгандирлар?! Ёки улар яратувчиларми?Alauddin Mansour: Balki ular hech narsadan (yaʼni, Yaratguvchisiz) yaralib qolgandirlar?! Yoki ular oʻzlari yaratguvchimikanlar-a?!Балки улар ҳеч нарсадан (яъни, Яратгувчисиз) яралиб қолгандирлар?! Ёки улар ўзлари яратгувчимиканлар-а?!

525-sahifa · 27-juz · 53-hizb525-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْbalkiбалкиخُلِقُوا۟yaratildilarmiяратилдилармиمِنْ-dan-данغَيْرِboshqaбошқаشَىْءٍhech narsaҳеч нарсаأَمْyokiёкиهُمُularmiулармиٱلْخَـٰلِقُونَyaratuvchilarяратувчилар
TafsirТафсир

Dahriy va xudosizlarga qarata voqeʼlikdan kelib chiqqan soddagina ushbu savolni tafakkur bilan mulohaza qilgan shaxs iymonga kelmay iloji yoʻq. Savol oddiy, sen oʻz-oʻzingdan yaralganmisan?

«Balki, ular hech narsadan hech narsa yoʻq, oʻzlari yaralgandirlar?!»

Yaʼni, inson shundoq, oʻz-oʻzidan dunyoga kelib qolganmi? Albatta, unaqa emas. Boʻlmasa, oʻzingni oʻzing yaratganmisan?

«Yoki ular yaratuvchilarmi?»

Albatta, yoʻq. Ayt-chi, seni kim yaratdi, boʻlmasa?

Kelasi oyat dahriylarga oʻzlaridan boshqa eng yaqin, har lahzada muloqotda boʻlib turadigan osmonu yerni ham oʻylab koʻrishni taklif qiladi.