أَمْ خَلَقُوا۟ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ ۚ بَل لَّا يُوقِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki, ular osmonlaru yerni yaratgandirlar?! Yo`q, ular ishonmaslar.Балки, улар осмонлару ерни яратгандирлар?! Йўқ, улар ишонмаслар.Alauddin Mansour: Balki osmonlar va Yerni ham ular yaratgandirlar?! Yoʻq, ular ishonmaslar!Балки осмонлар ва Ерни ҳам улар яратгандирлар?! Йўқ, улар ишонмаслар!
Osmonlarni, inson hozirgacha adadini aniq bilmaydigan osmonlarni, bu cheksiz, ichida son-sanoqsiz yulduzlaru sayyoralari bor boʻlgan osmonlarni ham dahriy-xudosizlar yaratganmi? Mushriklarga, osmonni kim yaratgan, degan savol berilsa, Alloh, deb javob berar ekanlar. Lekin aqiydalarida Allohni inkor etadilar. Osmonga nazar solib, bu oʻz-oʻzidan boʻlib qolishi mumkin emas, biz ham yaratgan emasmiz, degan fikrni xayollaridan oʻtkazib, buni Alloh yaratgan, deyishga majbur boʻlishgan. Boshqa vaqtda esa Allohni inkor etaverganlar. Oʻzlari aytgan gapga oʻzlari ishonishmagan, shuning uchun ham, oyatda:
«Yoʻq, ular ishonmaslar», deyilyapti.