QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tur surasi · Oyatсураси · Оят37

أَمْ عِندَهُمْ خَزَآئِنُ رَبِّكَ أَمْ هُمُ ٱلْمُصَۣيْطِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki, ularning huzurida Robbingning xaziynalari bordir?! Yoki ular boshqaruvchilarmi?Балки, уларнинг ҳузурида Роббингнинг хазийналари бордир?! Ёки улар бошқарувчиларми?Alauddin Mansour: Balki ularning huzurlarida Parvardigoringizning xazinalari bordir?! Yoki ular (butun borliqni) boshqarib turguvchimikanlar-a?!Балки уларнинг ҳузурларида Парвардигорингизнинг хазиналари бордир?! Ёки улар (бутун борлиқни) бошқариб тургувчимиканлар-а?!

525-sahifa · 27-juz · 53-hizb525-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْbalkiбалкиعِندَهُمْularning huzuridaуларнинг ҳузуридаخَزَآئِنُxazinalariхазиналариرَبِّكَRobbingningРоббингнингأَمْyokiёкиهُمُularmiулармиٱلْمُصَۣيْطِرُونَboshqaruvchilarбошқарувчилар
TafsirТафсир

Avvalgi daʼvolari puchga chiqdi, yaʼni, yaratuvchilikka daʼvo qila olmadilar. Bunday daʼvo qila olmaydilar ham. Endi qaysi qudratlariga ishonib, bu Paygʻambar, bu Paygʻambar emas yoki bu kalom ilohiy, bunisi sheʼr xolos, deb hukm chiqarishadi?! Yoki yana boshqa daʼvolari bormi?

«Balki, ularning huzurida Robbingning xaziynalari bordir?!»

Ular, Allohning xaziynasi bizning qoʻlimizda, shuning uchun, kimni xohlasak, Paygʻambar qilamiz, kimni xohlamasak, qilmaymiz, deyishadimi?

«Yoki ular boshqaruvchilarmi?»

Yoki ular dunyoni boshqaruvchilarmiki, xohlaganlarini qilib, hech bir amrga boʻysunmasalar?