QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tur surasi · Oyatсураси · Оят38

أَمْ لَهُمْ سُلَّمٌ يَسْتَمِعُونَ فِيهِ ۖ فَلْيَأْتِ مُسْتَمِعُهُم بِسُلْطَـٰنٍ مُّبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki, ularning (xabarni) eshitadigan narvonlari bordir?! Undoq bo`lsa, eshituvchilari ravshan hujjat keltirsin.Балки, уларнинг (хабарни) эшитадиган нарвонлари бордир?! Ундоқ бўлса, эшитувчилари равшан ҳужжат келтирсин.Alauddin Mansour: Balki ularning (osmonga koʻtarilib, farishtalarning soʻzlarini) eshitib oladigan narvonlari bordir?! U holda ularning eshitib olguvchilari (oʻzlarining haqiqatan Allohning amridan xabardor boʻlganiga) biron ochiq hujjat keltirsin-chi?!Балки уларнинг (осмонга кўтарилиб, фаришталарнинг сўзларини) эшитиб оладиган нарвонлари бордир?! У ҳолда уларнинг эшитиб олгувчилари (ўзларининг ҳақиқатан Аллоҳнинг амридан хабардор бўлганига) бирон очиқ ҳужжат келтирсин-чи?!

525-sahifa · 27-juz · 53-hizb525-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْbalkiбалкиلَهُمْulargaуларгаسُلَّمٌۭnarvon bordirнарвон бордирيَسْتَمِعُونَeshitadilarэшитадиларفِيهِ ۖundaундаفَلْيَأْتِbas, keltirsinбас, келтирсинمُسْتَمِعُهُمeshituvchilariэшитувчилариبِسُلْطَـٰنٍۢhujjatҳужжатمُّبِينٍravshanравшан
TafsirТафсир

Muhammad alayhissalom, men Allohning elchisiman, menga Qurʼon oyatlari vahiy boʻlib tushyapti, desalar, mushriklar u zotni yolgʻonchiga chiqarganlar. Xoʻsh, nimaga asoslanib bunday qilishgan?

«Balki, ularning (xabar) eshitadigan narvonlari bordir?!»

Yoki ularning osmonga qoʻygan narvonlari bor-u unga chiqib, Muhammad Paygʻambar emas, unga vahiy yuborilayotgani yoʻq, degan xabarni eshitishdimi? Agar haqiqatan eshitgan boʻlsalar, ochiq- oydin dalil koʻrsatsinlar.

«Undoq boʻlsa, eshituvchilari ravshan hujjat keltirsin.»

Qurʼoni Karim kofirlarning nohaqliklarini fosh etishda davom etadi. Oʻsha paytda mushriklar, farishtalar Allohning qizlari, degan buzuq aqiydada edilar. Ushbuni ham oʻrtaga solib, ularning naqadar farosatsiz ekanliklari oʻzlariga pesh qilinyapti.