أَمْ لَهُ ٱلْبَنَـٰتُ وَلَكُمُ ٱلْبَنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki U zotga qizlar-u, sizlarga o`g`illarmi?Ёки У зотга қизлар-у, сизларга ўғилларми?Alauddin Mansour: (Ey mushriklar), balki qizlar U zotniki-yu, oʻgʻillar sizlarnikidir?!(Эй мушриклар), балки қизлар У зотники-ю, ўғиллар сизларникидир?!
Mushriklar qiz farzand koʻrishni xohlamasdilar. Kim qiz koʻrsa, ori kelardi, xafa boʻlardi, hattoki, qiz bolani tiriklay koʻmib tashlardi. Ayni choqda, Allohning qizi bor, deyishardi. Bu, oʻtaketgan farosatsizlikdan oʻzga narsa emas. Aqli shu darajada past kishilarga, Paygʻambarning haq yoki nohaqligi yoki Qurʼoni Karimning vahiy yoki vahiy emasligi haqida hukm chiqarishni kim qoʻyibdi, degan maʼnoda shu oyat keltirilgan.
Paygʻambar alayhissalom kishilarni chidam bilan yaxshilikka chaqirar edilar. Ularga hech bir narsa ogʻir botmasligi uchun barcha choralarni koʻrardilar. Qilayotgan daʼvatlari evaziga biror narsa soʻramasdilar. Albatta, bunaqa muomalaning javobi yaxshilik boʻlishi lozim edi. Ammo aksi boʻlib chiqdi. Qavm butun vujudi ila qarshi chiqdi. Yaxshilikka yomonlik qaytardi. Ushbu holat kelgusi oyatlarda bayon qilingan.