وَٱلْبَيْتِ ٱلْمَعْمُورِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va obod uy bilan qasam...Ва обод уй билан қасам...Alauddin Mansour: Baytul-Maʼmurga (Obod Uyga) qasam;Байтул-Маъмурга (Обод Уйга) қасам;
Baytul maʼmur–Obod uyning nima ekani Paygʻambar alayhissalomning hadislaridan maʼlum boʻladi.
Suddiy aytadilarki, bizga zikr qilinishicha, Paygʻambar alay- hissalom bir kuni sahobalariga:
«Obod uy» («Baytul maʼmur») nima, bilasizlarmi?»–debdilar. Ular:
«Alloh va Uning Rasuli biluvchiroqdir», deyishibdi. Shunda u zoti bobarakot:
«U, osmonda, Kaʼbaning qoq tepasidagi masjiddir. Agar qulasa, Kaʼbaning ustiga tushadi. Unda har kuni yetmish ming farishta namoz oʻqiydi. Bir kirib chiqqanlaridan soʻng yana qaytib kira olmaydilar», debdilar.
«Baytul maʼmur» zikri Paygʻambar alayhissalomning Isro kechasidagi hadislarida ham keladi. Ul zot oʻsha uyni koʻradilar, farishtalarning tavofi «Baytul maʼmur» ekanini aytadilar. Yana, u uyga Ibrohim alayhissalom suyanib oʻtirganlarini koʻrganliklarini ham aytganlar.
Bu haqdagi barcha rivoyatlarni toʻplab oʻrganilgandan soʻng xulosa qilib aytish mumkinki, «Baytul maʼmur» yettinchi osmonda, muazzam Kaʼbaning tepasidagi bir uydir (masjiddir). Uni har kuni yetmish ming farishta tavof qiladi va ularning koʻpligidan bir tavof qilgani yana qaytib kira olmaydi. Yerda Kaʼbatulloh qanday ulugʻlansa, osmonda «Baytul maʼmur» ham shunday ulugʻlanadi.