أَمْ عِندَهُمُ ٱلْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki, ularning ixtiyorida g`ayb (ilmi) bo`lib, ular yozib olayotgandirlar?!Балки, уларнинг ихтиёрида ғайб (илми) бўлиб, улар ёзиб олаётгандирлар?!Alauddin Mansour: Balki ularning huzurlarida gʻayb (ilmi — Alloh taoloning Oʻz bandalaridan yashirgan sirlari) boʻlib, ular (oʻsha sirlarni) yozib olayotgandirlar (va shu sababli siz keltirgan xabarlarga ishonmayotgandirlar?!) Aslo undoq emasdir! U holda nega ular sizga iymon keltirmaslar?!Балки уларнинг ҳузурларида ғайб (илми — Аллоҳ таолонинг Ўз бандаларидан яширган сирлари) бўлиб, улар (ўша сирларни) ёзиб олаётгандирлар (ва шу сабабли сиз келтирган хабарларга ишонмаётгандирлар?!) Асло ундоқ эмасдир! У ҳолда нега улар сизга иймон келтирмаслар?!
Boʻlmasa, yuqorida zikr qilingan daʼvolarni qayerdan olishgan? Lekin haqiqatga tik koʻz bilan boqilganda Allohdan oʻzga hech kim gʻayb ilmini bilmaydi. Bunga mushriklar ham tan beradilar. Lekin ular oʻzlarini bilmaganga oladilar.