أَمْ يُرِيدُونَ كَيْدًا ۖ فَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ هُمُ ٱلْمَكِيدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki, hiyla ko`rsatishni xohlarlar?! Bas, kofirlar hiylalarining jazosini tortarlar.Балки, ҳийла кўрсатишни хоҳларлар?! Бас, кофирлар ҳийлаларининг жазосини тортарлар.Alauddin Mansour: Balki ular (sizni halok qilish uchun) biron hiyla-nayrang qilmoqchidirlar?! U holda oʻsha kofir boʻlgan kimsalarning oʻzlari hiyla-nayrangga giriftor boʻlurlar!Балки улар (сизни ҳалок қилиш учун) бирон ҳийла-найранг қилмоқчидирлар?! У ҳолда ўша кофир бўлган кимсаларнинг ўзлари ҳийла-найрангга гирифтор бўлурлар!
Mushriklar Paygʻambar alayhissalomga, Islomga, musulmonlarga qarshi turli hiyla-nayranglar qilishni xohlaydilar. Lekin hammasini Alloh koʻrib turadi va dinsizlarning, din dushmanlarining hiyla-nayranglarini oʻzlariga qaytaradi. Bu haqiqatni har bir avlod oʻz tajribasida ham koʻrmoqda. Ushbu oyat Qurʼoni Karimning birinchi oyatlaridandir. Shu bilan birga, uning moʻʼjiza ekanini ham taʼkidlamoq lozim. Paygʻambar alayhissalomga hiyla qilib, u kishini oʻldirmoqchi boʻlganlarga qarshi tushirilgan bu oyat hayotda tasdigʻini topdi. Tez orada dushmanlar birin-ketin halok boʻldilar, Muhammad alayhissalom va u kishining ishlari gʻolib boʻldi. Bu haqiqat shu tariyqa barcha zamonlarda takrorlanib kelmoqda.