أَمْ لَهُمْ إِلَـٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ ۚ سُبْحَـٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki, ularning Allohdan boshqa xudolari bordir?! Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok bo`ldi.Балки, уларнинг Аллоҳдан бошқа худолари бордир?! Аллоҳ улар келтираётган ширкдан пок бўлди.Alauddin Mansour: Balki ular uchun Allohdan oʻzga biron «iloh» bordir?! Alloh ularning shirklaridan pokdir!Балки улар учун Аллоҳдан ўзга бирон «илоҳ» бордир?! Аллоҳ уларнинг ширкларидан покдир!
Mushriklar oʻzlarining dushmanlik ishlarini nimaga suyanib amalga oshirishyapti? Axir, ular yengil ishni qilishayotgani yoʻq. Yaratgan, qudratli Allohga qarshi chiqishyapti. Avvalgi savollaridan maʼlum boʻldiki, ularning suyanadigan asoslari yoʻqqa oʻxshaydi. Balki, ularning Allohdan boshqa xudolari bordir? Oʻsha xudoga suyanib harakat qilayotgandirlar? Lekin bu shubha asossiz, yagona Allohga sherik boʻlishi mumkin emas, Alloh bu shubhadan pok, Uning sherigi yoʻq. Demak, barcha ehtimollar puchga chiqdi, uzrlari ham, dalillari ham qolmadi. Endi ularning haqiqiy basharalari ochiladi. Ularning dinga dushmanligi hujjat, dalillar asosida emas, balki dillaridagi mogʻorlik, mutakabbirlik, sarkashlik sababidandir. Shuning uchun, ular ravshan haqiqatga qarshi chiqishadi. Shuning uchun ham, bir narsadan bahona va shubha topishga urinadilar. Shuning uchun ham: