وَإِن يَرَوْا۟ كِسْفًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ سَاقِطًا يَقُولُوا۟ سَحَابٌ مَّرْكُومٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ular boshlariga tushayotgan parchani ko`rsalar ham, to`plangan bulut, derlar.Агар улар бошларига тушаётган парчани кўрсалар ҳам, тўпланган булут, дерлар.Alauddin Mansour: Agar ular (ustlariga ularni halok qilish uchun) osmondan bir boʻlak-parcha tushayotganini koʻrsalar (oʻshanda ham iymon keltirmaslar, balki «Bu toʻplangan bulutdir», derlar.Агар улар (устларига уларни ҳалок қилиш учун) осмондан бир бўлак-парча тушаётганини кўрсалар (ўшанда ҳам иймон келтирмаслар, балки «Бу тўпланган булутдир», дерлар.
Yaʼni, ularning adashganliklari shu darajaga yetganki, boshlari ustida azob, halokat parchasi yaqinlashib tursa ham, boshlarini koʻtarib qaraydilar-da, hah, bu toʻplangan–bulut, rizq-roʻz beruvchi yomgʻir yogʻadi, deyishadi.
Mushriklar har bir holatda dinga qarshi bahona axtaradilar. Qadimda din dushmanlarining ajdodlaridan bir guruhi (Od qavmi) boshlari ustiga azob buluti toʻplanganda, bu bizga yomgʻir keltiryapti, deyishgan edi. Lekin oʻshanda u bulut azob yogʻdirib, qavmni halok etgan edi.
Dinsizlarning mutakabbirliklari, sarkashliklari, boshlari ustiga azob kelib tursa ham oʻz zalolatlaridan qaytmasliklari bayonidan soʻng, Alloh Oʻz Paygʻambariga ularni tek qoʻyib qoʻyishni, ularga parvo qilmaslikni, ularga azob kelishi aniq ekanini taʼkidlaydi.