يَوْمَ لَا يُغْنِى عَنْهُمْ كَيْدُهُمْ شَيْـًٔا وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kunda hiylalari ularga hech qanday foyda bermas va ularga yordam ham berilmas.У кунда ҳийлалари уларга ҳеч қандай фойда бермас ва уларга ёрдам ҳам берилмас.Alauddin Mansour: U Kunda ularning hiyla-nayranglari biron foyda bermas va ularga yordam ham berilmas!У Кунда уларнинг ҳийла-найранглари бирон фойда бермас ва уларга ёрдам ҳам берилмас!
Bu dunyoda hiyla-nayrang ishlatib maqsadga erishib yurganlari uchun, hiyla bilan hamma narsaga erishsa boʻladi, degan fikr onglariga oʻrnashib qoladi. Hattoki, qiyomatda ham hiyla-nayrang ish berib qolar, deb umid qilishadi. Lekin qiyomatda sharoitlar oʻzgargan boʻladi. U yerda hiyla-nayrang oʻtmaydi. Hamma qilganiga yarasha jazo yoki mukofot oladi. Bu dunyoda vositachi topib, bir- biriga yordam berib, ish bitirib yursa boʻlar, oxiratda yordam berilmaydi: oxirat Qozisi vositachilikni qabul qilmaydi, pora olmaydi. Bundan kim toʻgʻri xulosa chiqarsa, hayotini qancha tez oʻnglab olsa, shuncha yaxshi.