وَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ عَذَابًا دُونَ ذَٰلِكَ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, albatta, zulm qilganlarga undan o`zga azob ham bor, lekin ko`plari bilmaslar.Ва, албатта, зулм қилганларга ундан ўзга азоб ҳам бор, лекин кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Albatta zolim-kofir boʻlgan kimsalar uchun bundan (Qiyomat Kunidan) ilgari mana shu dunyoda) ham azob-uqubat(lar) bordir, lekin ularning koʻplari (buni) bilmaslar!Албатта золим-кофир бўлган кимсалар учун бундан (Қиёмат Кунидан) илгари мана шу дунёда) ҳам азоб-уқубат(лар) бордир, лекин уларнинг кўплари (буни) билмаслар!
Yaʼni, kofir, zolimlarga oxirat azobidan oʻzga bir azob–bu dunyoning azobi ham bor yoki qabr azobi boʻlishi ham mumkin. Demak, dinsizlar va zolimlar bu dunyodagi qilmishlari uchun faqat oxiratdagina jazo olmaydilar, balki, bu dunyoning oʻzida ham tegishlicha jazolarini oladilar. Tajriba ham doimo buni tasdiqlab turibdi.
Kofir va dinsizlarning oqibati nima boʻlishi bayon qilib boʻlingandan soʻng, Paygʻambar alayhissalomga, u kishi orqali musulmonlarga tasalli berilib, sabrga daʼvat etiladi, Alloh taolo ularni hamisha qoʻllab-quvvatlashi eslatiladi va kechayu kunduz Allohga bogʻliq boʻlishga chaqiriladi.