أَفَتُمَـٰرُونَهُۥ عَلَىٰ مَا يَرَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U bilan o`zi ko`rgan narsa ustida tortishasizlarmi?!У билан ўзи кўрган нарса устида тортишасизларми?!Alauddin Mansour: Endi sizlar, (ey mushriklar, paygʻambar) koʻrib turgan narsasi ustida u bilan tortishurmisizlar?!Энди сизлар, (эй мушриклар, пайғамбар) кўриб турган нарсаси устида у билан тортишурмисизлар?!
Ey, mushriklar, Muhammad bilan u oʻzi koʻrgan Jabroil haqida tortishib, seniki notoʻgʻri, bizniki toʻgʻri, deysizlarmi?
Mazkur oyatlarda zikr qilingan hodisa Muhammad alayhissalomning Jabroil farishtani Alloh qanday suratda yaratgan boʻlsa, shunday holatda birinchi bor koʻrganlari voqeasini vasf qilmoqda.
Bu hodisa Islom daʼvatining birinchi bosqichida roʻy bergan edi. Hiro gʻorida Jabroil farishta Muhammad alayhissalomga «Iqroʼ» surasining avvalini yetkazganlaridan soʻng, orada vahiy uzilib qoldi. Paygʻambar alayhissalom bundan juda ham siqildilar, hatto, bir necha bor oʻzlarini togʻdan tashlamoqchi ham boʻldilar. Har safar shu ishni qilmoqchi boʻlganlarida, Jabroil farishta osmondan ovoz berib: «Ey Muhammad, sen Allohning haqiqiy Paygʻambarisan, men Jabroilman!»–der edilar. Shundan soʻng Paygʻambar alayhissalomning qalblari taskin topib, koʻzlari quvonchga toʻlardi. Bir necha bor shunaqa boʻldi. Bir kuni Rasululloh alay- hissalom Abtah nomli joyda ketayotganlarida, Jabroil u kishiga Alloh yaratgan asl suratlarida koʻrindilar, olti yuz qanotlarini yoyib, vujudlari ila ufqni toʻsib turgan holda namoyon boʻldilar. Soʻngra yaqinlashib, Alloh yuborgan vahiyni yetkazdilar. Shunda Muhammad alayhissalom oʻzlariga vahiy keltirayotgan farishtaning ulugʻligi, oliy qadrligi va Allohning huzuridagi maqomini toʻla tushunib yetdilar.
Kelgusi oyatlarda Paygʻambarimiz alayhissalom Jabroil alayhissalomni ikkinchi marta asl holda koʻrganlari hikoya qilinadi. Bu, meʼroj kechasida sodir boʻlgan edi.