لَقَدْ رَأَىٰ مِنْ ءَايَـٰتِ رَبِّهِ ٱلْكُبْرَىٰٓ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Darhaqiqat, o`z Robbisining ulkan belgilaridan ko`rdi.Дарҳақиқат, ўз Роббисининг улкан белгиларидан кўрди.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, u (oʻsha soatda) Parvardigorining buyuk oyatlarini (yaʼni, U zotning qudrati ilohiysiga dalolat qiladigan juda koʻp alomatlarni) koʻrdi.Дарҳақиқат, у (ўша соатда) Парвардигорининг буюк оятларини (яъни, У зотнинг қудрати илоҳийсига далолат қиладиган жуда кўп аломатларни) кўрди.
Muhammad alayhissalom meʼroj kechasida Allohning qudratiga dalil boʻluvchi ulkan belgilarni, jumladan: jannatni, doʻzaxni, Obod uyni (Baytul maʼmurni), oʻtgan Paygʻambarlarni, Jabroil alayhissalomning asl holatlarini va boshqalarni koʻrdilar.
Faybga taalluqli mazkur narsalarning Paygʻambar alayhissalomga koʻrsatilishining hikmati koʻp. Jumladan, u zot kishilarni daʼvat qiladigan narsalarini oʻz koʻzlari bilan koʻrib, qalblaridan tasdiqlab olsalar, daʼvat oson kechadi. Xaloyiqqa hujjat keltirish oson boʻladi, moʻminlarning qalblari taskin topadi va hokazo.
Kishilarni Muhammad alayhissalom oʻz koʻzlari bilan ochiq- oydin koʻrgan, qalblari ishonch ila tasdiqlagan, hujjatli va dalilli narsaga chaqiryaptilar. Ammo mushrik, dinsizlar-chi? Ular nimaga chaqirishadi? Hujjatlari qani? Nimaga suyanishadi? Oxiri qayerga borishmoqchi? Buzuq eʼtiqodlarini qayerdan olishgan? Ularning aqllari pastligini quyidagi oyatlar koʻrsatadi.