أَفَرَءَيْتُمُ ٱللَّـٰتَ وَٱلْعُزَّىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Lot va Uzzoni o`ylab ko`rdingizmi?Лот ва Уззони ўйлаб кўрдингизми?Alauddin Mansour: (Ey mushriklar, oʻzlaringizcha sigʻinayotgan sanamlaringiz) — «Lot», «Uzzo» haqida hech oʻylab koʻrdinglarmi?!(Эй мушриклар, ўзларингизча сиғинаётган санамларингиз) — «Лот», «Уззо» ҳақида ҳеч ўйлаб кўрдингларми?!
Mushriklar «xudoning sherigi» deb eʼtiqod qiladigan, unga sigʻinadigan butlaridan eng ulugʻlari Lot bilan Uzzo sanalardi. Ana oʻsha butlar aslida nima ekanini bir oʻylab koʻrdilaringizmi, deyapti Alloh taolo.
Quraysh kofirlari Allohning borligini batamom inkor qilmasdilar. Ammo Unga shirk keltirar, yaʼni, U zotning sheriklari bor, deb ishonishar edi. Oʻsha sheriklar, jumladan, Lot, Uzzo va Manotlar bandalarning ishiga aralashib turadi, agar ularni rozi qilinsa, katta xudo ham rozi boʻladi, degan buzuq aqiydada edilar.
Xoʻsh, Qurʼoni Karim chaqirigʻiga binoan bir oʻylab koʻrilsinchi, Lotning asli nimayu Uzzoning asli nima ekan?
Lot naqshinkor oq xarsang edi. U Toif shahrida boʻlib, ustiga bino qurilgan, pardasi, xizmatchilari bor edi. Uning atrofida keng sahn boʻlib, u yer Saqiyf qabilasi va unga tobeʼ boʻlganlarning faxri hisoblanar edi. Ularning eʼtiqodicha, Lot Kaʼbadan keyin ikkinchi oʻrinda turar edi. «Lot» soʻzining oʻzi esa, Alloh soʻzining muannasi, yaʼni, ayollik maʼnosi edi.
Uzzo boʻlsa, Makkai Mukarrama bilan Toifning oʻrtasidagi Naxra degan joydagi bir daraxt boʻlib, ustiga bino qurilgan, parda toʻsilgan edi. Quraysh qabilasi uni ulugʻlar edi. «Uzzo» soʻzi Aziyzning muannasi, yaʼni ayollik maʼnosi edi.