QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Najm surasi · Oyatсураси · Оят20

وَمَنَوٰةَ ٱلثَّالِثَةَ ٱلْأُخْرَىٰٓ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va boshqasi, uchinchisi — Manotni ham (o`ylab ko`rdingizmi)?Ва бошқаси, учинчиси — Манотни ҳам (ўйлаб кўрдингизми)?Alauddin Mansour: Va yana uchinchilari boʻlmish tuban «Manot» haqidachi?!Ва яна учинчилари бўлмиш тубан «Манот» ҳақидачи?!

526-sahifa · 27-juz · 53-hizb526-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنَوٰةَva Manotniва Манотниٱلثَّالِثَةَuchinchisiniучинчисиниٱلْأُخْرَىٰٓboshqasiniбошқасини
TafsirТафсир

Manot eng qadimgi butlardan boʻlib, Makkai Mukarrama bilan Madiynai Munavvara oʻrtasidagi dengiz sohilida–Mushallal degan joyda edi. Uning ham xizmatkorlari boʻlib, Avs, Xazraj va boshqa arab qabilalari unga sigʻinishar, unga atab qurbonliklar soʻyilar va uning oldida hajga ehrom bogʻlashar edi.

Arabiston yarim orolida but va sanamlar juda ham koʻp edi. Har kim oʻz qoʻli bilan toshdan, loydan, hatto, xurmo mevasini bir-biriga yopishtirib ham, oʻziga xudo yasab olaverar edi. Shu bilan birga, bu ishlari inson aqli uchun or-nomus ekanini tushunib yetmas edilar.

Lot, Uzzo va Manotlar eng katta «obroʻli» butlar boʻlgani uchun, Qurʼonda mushriklarning kaltabinliklarini fosh etish jarayonida ularning nomlari zikr qilindi. Islom gʻolib boʻlgandan soʻng Paygʻambar alayhissalomning farmonlariga binoan ularning hammasi buzib tashlangan.

Mushriklar mazkur butlarni Allohning qizlari deb eʼtiqod qilishardi. Ayni choqda, oʻzlari qiz farzand koʻrsalar, qattiq xafa boʻlishardi. Bu ham esi pastlikdan boshqa narsa emas edi. Alloh taolo mushriklarning bunaqa munosabatlarini inkor etib, quyidagi oyatlarni nozil qilgan: