QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Najm surasi · Oyatсураси · Оят23

إِنْ هِىَ إِلَّآ أَسْمَآءٌ سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَـٰنٍ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَمَا تَهْوَى ٱلْأَنفُسُ ۖ وَلَقَدْ جَآءَهُم مِّن رَّبِّهِمُ ٱلْهُدَىٰٓ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(but)lar siz va ota-bobolaringiz qo`ygan nomlardan o`zga hech narsa emas. Alloh bunga hech hujjat tushirgan emas. U(mushrik)lar, Robbilaridan hidoyat kelganiga qaramay, gumon va havoyi nafs xohishiga ergasharlar, xolos.У(бут)лар сиз ва ота-боболарингиз қўйган номлардан ўзга ҳеч нарса эмас. Аллоҳ бунга ҳеч ҳужжат туширган эмас. У(мушрик)лар, Роббиларидан ҳидоят келганига қарамай, гумон ва ҳавойи нафс хоҳишига эргашарлар, холос.Alauddin Mansour: U (nom)lar faqat sizlar oʻzlaringiz va ota-bobolaringiz qoʻyib olgan nomlardir. Alloh ular(ga ibodat qilish) haqida biron hujjat tushirgan emas. U (mushrik)larga (Paygʻambar alayhis-salotu vas-salom vositalarida) Parvardigor tomonidan hidoyat (Qurʼon) kelib turgan holda ular faqat gumonga va havoyi nafslarigagina ergashadilar-a!У (ном)лар фақат сизлар ўзларингиз ва ота-боболарингиз қўйиб олган номлардир. Аллоҳ улар(га ибодат қилиш) ҳақида бирон ҳужжат туширган эмас. У (мушрик)ларга (Пайғамбар алайҳис-салоту вас-салом воситаларида) Парвардигор томонидан ҳидоят (Қуръон) келиб турган ҳолда улар фақат гумонга ва ҳавойи нафсларигагина эргашадилар-а!

526-sahifa · 27-juz · 53-hizb526-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنْemasэмасهِىَular (butlar)улар (бутлар)إِلَّآmagarмагарأَسْمَآءٌۭnomlarномларسَمَّيْتُمُوهَآsizlar ularni nomlagansizсизлар уларни номлагансизأَنتُمْsizlarсизларوَءَابَآؤُكُمva ota-bobolaringizва ота-боболарингизمَّآemasэмасأَنزَلَtushirdiтуширдиٱللَّهُAllohАллоҳبِهَاbungaбунгаمِنhechҳечسُلْطَـٰنٍ ۚhujjatҳужжатإِنemasэмасيَتَّبِعُونَergashadilarэргашадиларإِلَّاmagarмагарٱلظَّنَّgumongaгумонгаوَمَاva nimaniва ниманиتَهْوَىxohlasaхоҳласаٱلْأَنفُسُ ۖnafslarнафсларوَلَقَدْva darhaqiqatва дарҳақиқатجَآءَهُمularga keldiуларга келдиمِّن-dan-данرَّبِّهِمُRobbilaridanРоббилариданٱلْهُدَىٰٓhidoyatҳидоят
TafsirТафсир

Mushriklarning hamma xayollari puch. Xudolariga Lot, Uzzo, Manot va boshqa nomlarni ham oʻzlari yoki ota-bobolari qoʻyganlar.

«U(but)lar siz va ota-bobolaringiz qoʻygan nomlardan oʻzga hech narsa emas.»

Yaʼni, xudolarini qoʻllari bilan yasab olganlaridek, ularning nomlarini ham oʻz xohishlaricha qoʻyganlar. Bandasi tamonidan yasalgan va nom berilgan narsalar qanday xudo boʻlardi.

«Alloh bunga hech hujjat tushirgan emas.»

Mushriklar va dinsizlar Allohdan kelgan hidoyat yoʻliga yurishdan bosh tortib, qanday yoʻlga yurmoqchilar? Ular nima asosida ish tutadilar, oʻzi? Barcha mushrik va dinsizlarning ish tutishlari doimo gumonga asoslanganligi oyatdan maʼlum boʻlyapti.

«U(mushrik)lar, Robbilaridan hidoyat kelganiga qaramay, gumon va havoyi nafs xohishiga ergashadilar, xolos.»

Tajriba ham xuddi shuni koʻrsatdi. Zero, mushriklar, dinsizlar hamisha gumon, taxmin va shunga oʻxshash noaniq tasavvurlarga suyanib ish qilishadi.

Ularning ikkinchi asoslari–havoyi nafsning xohishi. Nafslari nimani xohlasa, oʻshani oʻzlariga asos qilib olishadi. Bu ishga, oʻzlaricha, falonchining irodasi, pistonchining talabi, deb niqoblar ham oʻylab topishadi. Kimki havoyi nafsining xohishiga yursa, koʻzi koʻr, qalbi mogʻor boʻlib qoladi, hech qanday nasihat, maslahatlarga quloq solmaydi. Dalil va hujjatlar uni qoniqtirmay qoʻyadi. Shuning uchun ham, kelasi oyatda inkor tarzida savol berilyapti: