QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Najm surasi · Oyatсураси · Оят26

۞ وَكَم مِّن مَّلَكٍ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ لَا تُغْنِى شَفَـٰعَتُهُمْ شَيْـًٔا إِلَّا مِنۢ بَعْدِ أَن يَأْذَنَ ٱللَّهُ لِمَن يَشَآءُ وَيَرْضَىٰٓ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar mavjud, ularning shafoati hech foyda bermas. Magar, Alloh O`zi xohlagan va rozi bo`lganlarga izn bersa.Осмонларда қанчадан-қанча фаришталар мавжуд, уларнинг шафоати ҳеч фойда бермас. Магар, Аллоҳ Ўзи хоҳлаган ва рози бўлганларга изн берса.Alauddin Mansour: Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar boʻlib, oʻshalarning shafoatlari ham biron foyda bermas, magar Alloh Oʻzi xohlagan rozi boʻlgan kishilar uchun (shafoatga) izn berganidan keyingina (u shafoatning foydasi tegur).Осмонларда қанчадан-қанча фаришталар бўлиб, ўшаларнинг шафоатлари ҳам бирон фойда бермас, магар Аллоҳ Ўзи хоҳлаган рози бўлган кишилар учун (шафоатга) изн берганидан кейингина (у шафоатнинг фойдаси тегур).

526-sahifa · 27-juz · 53-hizb526-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَكَمva qanchadan-qanchaва қанчадан-қанчаمِّن-dan-данمَّلَكٍۢfarishtaфариштаفِى-da-даٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlardaосмонлардаلَاemasэмасتُغْنِىfoyda berurфойда берурشَفَـٰعَتُهُمْularning shafoatiуларнинг шафоатиشَيْـًٔاhech narsaҳеч нарсаإِلَّاmagarмагарمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинأَن-ki-киيَأْذَنَizn bersaизн берсаٱللَّهُAllohАллоҳلِمَنkimgaкимгаيَشَآءُxohlasaхоҳласаوَيَرْضَىٰٓva rozi boʻlsaва рози бўлса
TafsirТафсир

Maʼlumki, mushriklar: butu sanamlar bizni shafoat qiladi, der edilar. Shuningdek, farishtalar Allohning qizlari, ular ham shafoat qiladi, deb eʼtiqod qilishardi. Bunday eʼtiqodning zamini puch ekanligi ushbu oyati karima ila isbotlandi. Bu dunyoyu oxirat hammasi Allohniki boʻlganidek, shafoat ham Allohnikidir. U kimga izn bersa, oʻshagina shafoat qila oladi. Mushriklar oʻzlarining botil eʼtiqodlaridan umid qilmay qoʻya qolsinlar.