وَمَا لَهُم بِهِۦ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ ۖ وَإِنَّ ٱلظَّنَّ لَا يُغْنِى مِنَ ٱلْحَقِّ شَيْـًٔا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularda bu haqda hech qanday ilm yo`q. Gumondan boshqa narsaga ergashmaslar. Albatta, gumon haqiqat o`rniga o`tmas.Уларда бу ҳақда ҳеч қандай илм йўқ. Гумондан бошқа нарсага эргашмаслар. Албатта, гумон ҳақиқат ўрнига ўтмас.Alauddin Mansour: Holbuki, ular uchun bu haqda (yaʼni, farishtalarning qaysi jinsdan ekanligi haqida) biron bilim-hujjat yoʻqdir. Ular faqat gumon-taxminga ergashurlar, xolos. Aniqki, gumon haqiqatdan biron narsaning oʻrniga oʻtmas!Ҳолбуки, улар учун бу ҳақда (яъни, фаришталарнинг қайси жинсдан эканлиги ҳақида) бирон билим-ҳужжат йўқдир. Улар фақат гумон-тахминга эргашурлар, холос. Аниқки, гумон ҳақиқатдан бирон нарсанинг ўрнига ўтмас!
Mushriklar hamisha xayollariga kelgan gapni gapiraveradilar. Jumladan, farishtalar haqidagi gaplarini ham oʻzlaricha valdiraganlar, xolos. Aslida,
«Ularda bu haqda hech qanday ilm yoʻq». Mushrik va kofirda iymon-eʼtiqod haqida ilm nima qiladi. «Gumondan boshqa narsaga ergashmaslar.» Ular faqat gumonga ergashadilar,xolos. Chunki, kufrni ixtiyor qilishlari ila asosiy ilm manbasidan mahrum boʻlganlar. Oʻzlari gumon qilgan narsani gapirishdan oʻzga ilojlari qolmagan. «Albatta, gumon haqiqat oʻrniga oʻtmas.» Aqiyda bobida gumon va taxmin bilan ish bitmasligi bayon qilib boʻlingandan soʻng, Paygʻambar alayhissalomga va musulmonlarga Allohdan yuz oʻgirganlardan va dinsizlardan chetda boʻlish tavsiya qilinadi. Ey Paygʻambar!