أَمْ لَمْ يُنَبَّأْ بِمَا فِى صُحُفِ مُوسَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki Musoning sahifalaridagi narsalar xabari unga berilmadimi?Ёки Мусонинг саҳифаларидаги нарсалар хабари унга берилмадими?Alauddin Mansour: Yoki unga Musoning sahifalaridagi soʻzlar xabari berilmaganmidi?!Ёки унга Мусонинг саҳифаларидаги сўзлар хабари берилмаганмиди?!
Samoviy dinlarning asli bir, qoidalari, manbasi bir. Biri ikkinchisini tasdiqlab keladi. Ularning zamoni yoki makoni bir-biridan uzoq boʻlishi mumkin, lekin asllari bir. Muso alayhissalomga kelgan sahifalarda ham, u kishidan avval Ibrohim alayhissalomga kelgan sahifalarda ham ushbu maʼnolar bor. Ibrohim alayhissalom vafodorlik bilan nom chiqarganlar, bir ishni boshlab qoʻyib, chala tashlab ketmaganlar. Xoʻsh, Ibrohim alayhissalomning va Muso alayhissalomning sahifalarida nima gaplar bor edi? Ularda, jumladan, quyidagi umumiy qoidalar kelgan edi: