QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Najm surasi · Oyatсураси · Оят37

وَإِبْرَٰهِيمَ ٱلَّذِى وَفَّىٰٓ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va vafo qilgan Ibrohimning?Ва вафо қилган Иброҳимнинг?Alauddin Mansour: Va (ahdiga) vafodor zot boʻlgan Ibrohimning sahifalaridagi soʻzlar (xabari berilmaganmidi?!)Ва (аҳдига) вафодор зот бўлган Иброҳимнинг саҳифаларидаги сўзлар (хабари берилмаганмиди?!)

527-sahifa · 27-juz · 53-hizb527-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِبْرَٰهِيمَva Ibrohimningва Иброҳимнингٱلَّذِىu zotkiу зоткиوَفَّىٰٓvafo qilganвафо қилган
TafsirТафсир

Samoviy dinlarning asli bir, qoidalari, manbasi bir. Biri ikkinchisini tasdiqlab keladi. Ularning zamoni yoki makoni bir-biridan uzoq boʻlishi mumkin, lekin asllari bir. Muso alayhissalomga kelgan sahifalarda ham, u kishidan avval Ibrohim alayhissalomga kelgan sahifalarda ham ushbu maʼnolar bor. Ibrohim alayhissalom vafodorlik bilan nom chiqarganlar, bir ishni boshlab qoʻyib, chala tashlab ketmaganlar. Xoʻsh, Ibrohim alayhissalomning va Muso alayhissalomning sahifalarida nima gaplar bor edi? Ularda, jumladan, quyidagi umumiy qoidalar kelgan edi: