أَلَّا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, hech bir gunohkor boshqaning gunohini ko`tarmas.Албатта, ҳеч бир гуноҳкор бошқанинг гуноҳини кўтармас.Alauddin Mansour: Hech bir koʻtarguvchi (yaʼni, gunohkor jon) oʻzga jonning yukini (yaʼni, gunohini) koʻtarmas!Ҳеч бир кўтаргувчи (яъни, гуноҳкор жон) ўзга жоннинг юкини (яъни, гуноҳини) кўтармас!
Bu ulkan qoida qiyomat kuni amal qiladi. Har bir inson faqat oʻzi uchun javob beradi. Birovning gunohi birovga yuklanmaydi. Agar faraz qilsakki, birov falonchining gunohini ham men koʻtaraman, desa ham, unga ijozat berilmaydi. Bu holat, ayniqsa, qasos olaman, deb bir qarindoshini oʻldirib qoʻygan kishining qarindoshlari bilan yillab urishadigan arablarga juda katta taʼsir oʻtkazganligi maʼlum. Ushbu oyatga amal qilinsa, hozirgi kundagi musiybatlar kamayib, yaxshiliklar koʻpayar edi.