QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Najm surasi · Oyatсураси · Оят39

وَأَن لَّيْسَ لِلْإِنسَـٰنِ إِلَّا مَا سَعَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir insonga o`z qilganidan boshqa narsa yo`q.Ҳар бир инсонга ўз қилганидан бошқа нарса йўқ.Alauddin Mansour: Inson uchun faqat oʻzi qilgan harakatigina boʻlur (yaʼni, oʻzgalarning qilgan yaxshi amallaridan unga biron foyda yetmas).Инсон учун фақат ўзи қилган ҳаракатигина бўлур (яъни, ўзгаларнинг қилган яхши амалларидан унга бирон фойда етмас).

527-sahifa · 27-juz · 53-hizb527-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنva shukiва шукиلَّيْسَyoʻqdirйўқдирلِلْإِنسَـٰنِinsongaинсонгаإِلَّاmagarмагарمَاnimaikiнимаикиسَعَىٰintilgan boʻlsaинтилган бўлса
TafsirТафсир

Bu oyat oʻzidan avvalgisiga uzviy bogʻliqdir. Birinchisida gap birovning qilgan gunohini ikkinchi shaxs koʻtarmasligi haqida ketsa, ikkinchisida birov qilgan savob ishdan oʻzgaga manfaat yoʻqligi taʼkidlanmoqda. Har kim qilsa, oʻzi uchun qiladi. Yomonlikni ham, yaxshilikni ham. Ota-onasi, nasl-nasabi yoki boshqa aloqalari hech qanday foyda bermaydi. Bu borada Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom oʻz jigargoʻshalari, sevimli qizlari Fotima onamizga qarab: «Ey Fotima, Muhammadning qizi, oʻzing amal qil, chunki men senga foyda bera olmayman», deganlar.