QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Najm surasi · Oyatсураси · Оят4

إِنْ هُوَ إِلَّا وَحْىٌ يُوحَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U (Qur'on) vahiydan o`zga narsa emas.У (Қуръон) ваҳийдан ўзга нарса эмас.Alauddin Mansour: U (Qurʼon) faqat (Alloh tomonidan paygʻambarga) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir.У (Қуръон) фақат (Аллоҳ томонидан пайғамбарга) ваҳий қилинаётган (туширилаётган) бир ваҳийдир.

526-sahifa · 27-juz · 53-hizb526-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنْemasэмасهُوَu (Qurʼon)у (Қуръон)إِلَّاmagarмагарوَحْىٌۭvahiyваҳийيُوحَىٰvahiy qilinadiganваҳий қилинадиган
TafsirТафсир

Din dushmanlari: «Muhammad oʻzi xayoliga kelgan gapini gapirib, menga xudodan xabar keldi, deb bizni laqillatyapti, oʻzining obroʻini oʻylab, hiyla qilayapti, Qurʼon degan narsasi xudodan kelgan xabar emas, balki oʻzi toʻqigan gapdir», deganga oʻxshash tuhmat-boʻhtonlar qilishardi. Yuqoridagi oyati karimalar bunday kufroniy qarashlarga raddiya sifatida tushirilgandir.

Demak, Qurʼoni Karim Allohdan tushgan vahiydan oʻzga narsa emas. U avvalidan oxirigacha Allohning kalomi, Muhammad alay- hissalom ham, Jabroil farishta ham biror harfini oʻzgartirishga haqli emaslar. (Inchunun, hech kim biror harfini oʻzgartira olmaydi, oʻzgartirgan ham emas.)

«Havodan olib nutq qilmas» degan gapning maʼnosini qanday tushunmoq kerak? Qurʼon toʻgʻrisida uning uzil-kesil maʼnosiyu soʻzlari, hatto harflari ham Allohniki ekanligi aytildi. Hadis (Paygʻambar alayhissalomning soʻzlari)–maʼnosi Allohdan, iborasi Muhammad alayhissalomdan boʻlgan koʻrsatma-xabarlardir. Ammo iboralari, baribir, Qurʼondan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

Imom Ahmad ibn Hanbal qilgan rivoyatda Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu bunday deganlar: «Paygʻambar alayhissalomdan nimani eshitsam, yodlayman, deb yozib yurardim. Quraysh qabilasidagilar, sen Paygʻambar alayhissalomdan nimani eshitsang, yozib olasan, u kishi ham odam, achchiqlari chiqqanda ham gapiradilar, deyishuvdi, yozmay qoʻydim. Bir kuni bu ishni Rasulullohga aytgan edim, u kishi, yozaver, Allohga qasamki, mendan haq gapdan boshqa gap chiqmaydi, dedilar».

Yana, Imom Ahmad Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Men haqdan boshqani gapirmayman», deganlarida baʼzi sahobalar:

«Ey, Allohning Rasuli, bizga hazil-mutoyiba qilasiz-ku?»– debdilar. Ul zot yana:

«Albatta, men haqdan oʻzga gapni aytmayman», degan ekanlar.

Ul zoti bobarakotning hazillari ham haq boʻlardi. Hazil deb, kuldirish maqsadida u zot nohaq iboralarni ishlatmasdilar. Misol uchun, bir kuni qari kampir kelib:

«Ey, Allohning Rasuli, shoyadki, jannati boʻlsam», debdi. Shunda Paygʻambar alayhissalom:

«Kampirlar jannatga kirmaydi», debdilar. Ayol yigʻlay boshlabdi. Keyin unga, jannatga qari holda kirilmaydi, hamma oʻttiz uch yoshli boʻlib kiradi, deb tushuntirilgach, xursand boʻlgan ekan.

Bu hodisaga «Xurmoni changlatish» nomi bilan mashhur hodisani qoʻshsak, toʻliq tasavvur paydo boʻladi. Sahih rivoyatlarda kelishicha, bir kuni Paygʻambar alayhissalom Madiynai Munavvaradagi xurmo bogʻlaridan birining yonidan oʻtib ketayotsalar, odamlar xurmo daraxtlari ustida nimalardir qilishayotgan emish.

«Ular nima qilishyapti?»–deb soʻrabdilar.

«Xurmoni changlatishyapti, shundoq qilsa, hosil moʻl boʻladi», deb javob qilishibdi. Paygʻambar alayhissalom:

«Alloh bersa, shundoq ham moʻl boʻlaveradi», degan maʼnoda soʻz aytibdilar. Bogʻbonlar mazkur soʻz taʼsirida changlatishni tark qilibdilar. Yilning oxiriga kelib hosil moʻl boʻlmabdi. Kishilar bu xabarni Paygʻambar alayhissalomga aytishgan ekan, u zoti bobarakot:

«Men sizlarning diningizda bir gap aytsam, toʻlaligicha qabul qilinglar, siz dunyo ishlarida oʻzingiz biluvchiroqsiz», degan ekanlar. Shundan kelib chiqib, ulamolar aytadilarki, diniy hukmlar borasida Paygʻambar alayhissalom oʻzlaridan gapirmaganlar. Tajriba, inson mahoratiga bogʻliq ishlarda oʻzlaridan gapirganlar.

Endi, Paygʻambar alayhissalomga vahiy keltiruvchi farishta Jabroil alayhissalomning sifatlari zikr qilinadi. Chunki, Qurʼonni inkor qiluvchilarni lol qoldirishda bu ham katta dalildir.