كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِٱلنُّذُرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Samud ogohlantiruvchilarni yolg`onga chiqardi.Самуд огоҳлантирувчиларни ёлғонга чиқарди.Alauddin Mansour: Samud (qabilasi ham Solih paygʻambar keltirgan) ogohlantirishlarni yolgʻon dedi.Самуд (қабиласи ҳам Солиҳ пайғамбар келтирган) огоҳлантиришларни ёлғон деди.
Bu qabila ham qadimiy arab qabilalaridan boʻlib, nasabi Nuh alayhissalomga tutashuvchi katta bobolari Samud nomi bilan atalgandir.
Samud qabilasi Hijozning Vodil-Quro deb ataluvchi vodiysining Hijr degan yerida yashagan. Ular but va sanamlarga sigʻinardilar. Alloh taolo bu qabilaga Solih alayhissalomni Paygʻambar qilib yubordi. Ul zot qabila ahlini sanamlarga sigʻinishni tark etib, yagona Allohning Oʻziga ibodat qilishga chaqirdilar. Lekin Samud qabilasi iymonga kelmadi, boz ustiga, Paygʻambarni yolgʻonchilikda aybladi va u zotdan Paygʻambar ekanliklarini tasdiqlovchi moʻʼjiza keltirishni talab qildi.
Alloh subhanahu va taolo Solih alayhissalomga xarsang toshdan tuya chiqarib berib, u zotni taqdirladi. Shu bilan birga, oʻsha yerdagi buloq suvini bir kun tuya, bir kun qabila aʼzolari navbat bilan ichishlari zarurligini tayinladi. Agar tuyaga biror yomonlik qilsalar, azobga duchor boʻlishlari muqarrar ekanini uqtirdi.
Tuya maʼlum muddat yashab, oʻz navbati kuni suv ichib, oʻtlab yurdi. Bu moʻʼjizani koʻrgan baʼzi kofirlar iymonga kela boshladilar. Odatdagidek, qabila kattakonlari bu holdan tashvishga tushib, tuyani oʻldirishga ahd qildilar va bir kishini yubordilar. U borib tuyani soʻydi. Shunda Alloh taolo Samud qabilasiga bir qichqiriqni yubordi. Ular bir lahzada halok boʻldilar. Alloh taolo Solih alayhissalomni va u kishiga ergashgan moʻminlarni saqlab qoldi. Xoʻsh, Solih alayhissalom haq yoʻlni koʻrsatib turgan bir paytlarida Samud qabilasi nimaga bu yoʻlga yurmay, qabih jinoyatga qoʻl urdilar? Chunki: