QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qamar surasi · Oyatсураси · Оят24

فَقَالُوٓا۟ أَبَشَرًا مِّنَّا وَٰحِدًا نَّتَّبِعُهُۥٓ إِنَّآ إِذًا لَّفِى ضَلَـٰلٍ وَسُعُرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Biz o`zimizdan bo`lgan bir odamga ergashamizmi? Agar shunday bo`lsa, albatta, adashuvda va jinnilikda bo`lamiz.Улар: «Биз ўзимиздан бўлган бир одамга эргашамизми? Агар шундай бўлса, албатта, адашувда ва жинниликда бўламиз.Alauddin Mansour: Bas, ular aytdilar: «Bizlar oʻzimizning oramizdagi bir odamga (paygʻambar deb) ergashurmizmi?! U holda bizlar haqiqatan ham gumrohlik va ahmoqlik-nodonlikda boʻlurmiz-ku!Бас, улар айтдилар: «Бизлар ўзимизнинг орамиздаги бир одамга (пайғамбар деб) эргашурмизми?! У ҳолда бизлар ҳақиқатан ҳам гумроҳлик ва аҳмоқлик-нодонликда бўлурмиз-ку!

529-sahifa · 27-juz · 53-hizb529-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَقَالُوٓا۟bas, dedilarбас, дедиларأَبَشَرًۭاbir odamgamiбир одамгамиمِّنَّاoʻzimizdanўзимизданوَٰحِدًۭاyolgʻizёлғизنَّتَّبِعُهُۥٓunga ergashamizmiунга эргашамизмиإِنَّآalbatta, bizалбатта, бизإِذًۭاu holdaу ҳолдаلَّفِىalbatta, -dadirmizалбатта, -дадирмизضَلَـٰلٍۢadashuvадашувوَسُعُرٍva jinnilikва жиннилик
TafsirТафсир

Oʻzidan chiqqan bir odamga ergashishdan bosh tortish kofirlarning, dinsizlarning qadimiy kasali. Ular hamma narsaga chidashlari mumkin, lekin oʻzlari kabi bir insonning Alloh diniga daʼvat qilib obroʻ topishiga chiday olmaydilar. Shuning uchun, oʻsha daʼvatchi Paygʻambarga qarshi turli fitnalar uyushtiradilar. Eng qizigʻi–oralaridan chiqqan kishiga ergashishni zalolat, adashish deb oʻylashlari va aqlsizlik deb ishonishlaridir. Bunaqa voqealar doim boʻlib kelgan. Shubha ularning asosiy fikrlash tarzlaridir.

Mana, Alloh taolo jaholatdagi Samud qavmini hidoyatga boshlash uchun oʻzlaridan boʻlgan Solih alayhissalomni ularga Paygʻambar qilib yuborganida ham ayni shu holat takrorlandi.

«Ular: «Biz oʻzimizdan boʻlgan bir odamga ergashamizmi?»– dedilar.

Ular oʻzlaridan boʻlgan odamga Paygʻambar sifatida ergashishni tasavvurlariga sigʻdira olmadilar. Balki, undoq ishni adashuv va jinnilik, deb bildilar.

«Agar shunday boʻlsa, albatta, adashuvda va jinnilikda boʻlamiz.»

Agar oʻzimizdan boʻlgan Solihga ergashadigan boʻlsak, yoʻldan adashgan va aqlimiz ozib, jinni boʻlgan boʻlamiz, dedilar.

Ular oʻzlarining inkor soʻzlarida davom etib:

«Bizlarning oramizdan unga zikr (vahiy) tushirilibdimi?!»–dedilar.

Yaʼni, «Samud qavmida qanchadan-qancha yetuk, haqli odamlar turib, nega endi Solihga vahiy tushib, u Paygʻambar boʻlarkan?»– deb, sira ishongilari kelmadi.

Bu ham yetmaganidek,

«Yoʻq, u yolgʻonchi va kekkaygandir», dedilar».

Ular bu bilan Allohning irodasiga qarshi bordilar. Aybni oʻzlaridan emas, ularni toʻgʻri yoʻlga chorlovchidan axtardilar. Holbuki: