QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qamar surasi · Oyatсураси · Оят25

أَءُلْقِىَ ٱلذِّكْرُ عَلَيْهِ مِنۢ بَيْنِنَا بَلْ هُوَ كَذَّابٌ أَشِرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizlarning oramizdan unga zikr (vahiy) tushirilibdimi?! Yo`q, u yolg`onchi va kekkaygandir», dedilar.Бизларнинг орамиздан унга зикр (ваҳий) туширилибдими?! Йўқ, у ёлғончи ва кеккайгандир», дедилар.Alauddin Mansour: Bizlarning oramizdan ana oʻshanga eslatma — vahiy tashlanibdimi?! Yoʻq, u haddan oshgan yolgʻonchidir».Бизларнинг орамиздан ана ўшанга эслатма — ваҳий ташланибдими?! Йўқ, у ҳаддан ошган ёлғончидир».

529-sahifa · 27-juz · 53-hizb529-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَءُلْقِىَtushirilibdimiтуширилибдимиٱلذِّكْرُzikr (vahiy)зикр (ваҳий)عَلَيْهِungaунгаمِنۢ-dan-данبَيْنِنَاoramizорамизبَلْyoʻqйўқهُوَuуكَذَّابٌyolgʻonchiёлғончиأَشِرٌۭkekkayganкеккайган
TafsirТафсир

Oʻzidan chiqqan bir odamga ergashishdan bosh tortish kofirlarning, dinsizlarning qadimiy kasali. Ular hamma narsaga chidashlari mumkin, lekin oʻzlari kabi bir insonning Alloh diniga daʼvat qilib obroʻ topishiga chiday olmaydilar. Shuning uchun, oʻsha daʼvatchi Paygʻambarga qarshi turli fitnalar uyushtiradilar. Eng qizigʻi–oralaridan chiqqan kishiga ergashishni zalolat, adashish deb oʻylashlari va aqlsizlik deb ishonishlaridir. Bunaqa voqealar doim boʻlib kelgan. Shubha ularning asosiy fikrlash tarzlaridir.

Mana, Alloh taolo jaholatdagi Samud qavmini hidoyatga boshlash uchun oʻzlaridan boʻlgan Solih alayhissalomni ularga Paygʻambar qilib yuborganida ham ayni shu holat takrorlandi.

«Ular: «Biz oʻzimizdan boʻlgan bir odamga ergashamizmi?»– dedilar.

Ular oʻzlaridan boʻlgan odamga Paygʻambar sifatida ergashishni tasavvurlariga sigʻdira olmadilar. Balki, undoq ishni adashuv va jinnilik, deb bildilar.

«Agar shunday boʻlsa, albatta, adashuvda va jinnilikda boʻlamiz.»

Agar oʻzimizdan boʻlgan Solihga ergashadigan boʻlsak, yoʻldan adashgan va aqlimiz ozib, jinni boʻlgan boʻlamiz, dedilar.

Ular oʻzlarining inkor soʻzlarida davom etib:

«Bizlarning oramizdan unga zikr (vahiy) tushirilibdimi?!»–dedilar.

Yaʼni, «Samud qavmida qanchadan-qancha yetuk, haqli odamlar turib, nega endi Solihga vahiy tushib, u Paygʻambar boʻlarkan?»– deb, sira ishongilari kelmadi.

Bu ham yetmaganidek,

«Yoʻq, u yolgʻonchi va kekkaygandir», dedilar».

Ular bu bilan Allohning irodasiga qarshi bordilar. Aybni oʻzlaridan emas, ularni toʻgʻri yoʻlga chorlovchidan axtardilar. Holbuki: