QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qamar surasi · Oyatсураси · Оят27

إِنَّا مُرْسِلُوا۟ ٱلنَّاقَةِ فِتْنَةً لَّهُمْ فَٱرْتَقِبْهُمْ وَٱصْطَبِرْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ularni sinash uchun tuyani yuboruvchimiz. Ularni kuzatib tur va sabr qil.Биз уларни синаш учун туяни юборувчимиз. Уларни кузатиб тур ва сабр қил.Alauddin Mansour: Albatta Biz ularni imtihon qilish uchun bir tuya yuborguvchidirmiz. Bas, (ey Solih), sen (ularning qilmishlarini) kuzatib va (ozor-aziyyatlariga) sabr qilib turavergin!Албатта Биз уларни имтиҳон қилиш учун бир туя юборгувчидирмиз. Бас, (эй Солиҳ), сен (уларнинг қилмишларини) кузатиб ва (озор-азийятларига) сабр қилиб туравергин!

529-sahifa · 27-juz · 53-hizb529-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизمُرْسِلُوا۟yuboruvchimizюборувчимизٱلنَّاقَةِtuyaniтуяниفِتْنَةًۭsinov qilibсинов қилибلَّهُمْulargaуларгаفَٱرْتَقِبْهُمْbas, ularni kuzatib turбас, уларни кузатиб турوَٱصْطَبِرْva sabr qilва сабр қил
TafsirТафсир

Yuqorida aytganimizdek, bu oyatlarda tuya bilan Samud qavmi oʻrtasida suvning kunma-kun taqsimlangani toʻgʻrisida gap borayotibdi. Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Solih alayhissalomga xitob qilib, quyidagilarni aytmoqda: «Biz ularni sinash uchun tuyani yuboruvchimiz». Biz Samud qavmiga moʻʼjiza qilib tuyani yuboramiz. Bu, ular uchun oʻziga xos sinov boʻladi. Sen esa, ey Solih, «Ularni kuzatib tur va sabr qil». Keyin oqibat nima bilan tamom boʻlishini koʻrasan. «Va ularga, albatta, suv oralarida taqsimlanganining xabarini ber.» Ey Solih, sen Samud qavmiga suv ular bilan tuya orasida taqsimlanganini, bir kun ular, bir kun tuya suv ichishi kerakligini ayt. «Har bir ichishga (oʻz vaqtida) hozir boʻlinar.» Har tomon oʻzining suv ichish navbati kelgandagina chashmaga suv ichgani hozir boʻladi. Shu bilan Solih alayhissalomga qilinayotgan xitob tugab, yana qissa voqealari hikoyasi davom etadi.