وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!Дарҳақиқат, Биз Қуръонни зикр учун осон қилдик. Бас, зикр қилувчи борми?!Alauddin Mansour: Qasamki, Biz Qurʼonni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qoʻydik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?Қасамки, Биз Қуръонни зикр-эслатма олиш учун осон қилиб қўйдик. Бас, бирон эслатма-ибрат олгувчи борми?
Samud qavmi haqidagi qissani tugatib boʻlib, endi Lut qavmi haqidagi qissa boshlanadi. Bu qavm hozirgi Iordaniya(Urdun)ning oʻsha paytdagi Sadum deb nomlangan yerlarida yashab oʻtgan boʻlib, dunyodagi eng fojir va kofir qavmlardan biri hisoblanadi. Ular insoniyat tarixida misli koʻrilmagan katta gunohni boshlagan kishilardir. U ham boʻlsa, bachchabozlik, er kishilarning bir-birlari bilan jinsiy aloqa qilishligidir. Ular bu fohisha ishlari bilan faxrlanishar edilar va bu ishni yigʻilishlarida qilardilar. Alloh taolo ularni bu munkar ishdan qaytarish, hidoyatga boshlash uchun Lut alayhissalomni Paygʻambar qilib yubordi. Ammo jinoyatkor qavm Allohning elchisini yolgʻonchiga chiqardi va oʻz diyoridan chiqarib yuborishga harakat qildi...
Lut qavmi razolati va halokatining tarixini avvalgi qism tafsirlarimizda batafsil bayon qilganmiz. Bu yerda shuni alohida taʼkidlab aytamizki, shariat hukmi boʻyicha, Lut qavmi qilgan ishni qiluvchi gunohkorlarning jazolaridan biri–ularni devor tagiga yotqizib turib, ustilaridan devorni qulatib yuborishdir. Hozirda bachchabozlik arablarda «Livota» deb nomlanadi. Bu ishdan jirkanish shunchalik zoʻrki, uning nomini aytishga ham til bormaydi. Yoki, Lut qavmining ishini qilibdi, deb ham qoʻyiladi. Chindan ham, bu ish eng yomon fohisha ish hisoblanadi, chunki bu ish bilan mashgʻul boʻlganlar insonlik tabiatidan chiqib ketgan boʻladilar. Erkak bilan ayolning qoʻshilishidan hayot davom etadi. Erkak bilan erkak qoʻshilsa, buning teskarisi boʻladi. Xullas, bu ish taʼrifga sigʻmaydigan darajada yaramasdir. Shuning uchun ham, barcha shariatlar bu ishni harom qilgan. Pok insoniy tabiat buni hech qachon koʻtarmaydi. Shuning uchun ham, Lut qavmi yer yuzidan butunlay yoʻq qilib yuborilgan.
Hozirgi kunda insoniyatga ommaviy qirgʻin dahshatini solib turgan, insonda kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatining yoʻqolishi kasalligi ham erkaklarning erkaklar bilan qoʻshilishidan kelib chiqqanligi, shu ish bilan mashgʻul boʻluvchilar orasida tez tarqalishi bejiz emas.
Ayni choqda, oʻzini dunyoda eng madaniyatli, eng rivoj topgan davlatlar deb daʼvo qilayotgan Amerika va Angliyada qonun yoʻli bilan ikki erkak kishining oʻzaro nikohdan oʻtishi joriy qilinganini eslatib qoʻymoqchimiz.
Boz ustiga, baʼzi cherkovlar ularni nikoh qilayotganlari inson shaʼni uchun or-nomus emasmi?!