QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qamar surasi · Oyatсураси · Оят53

وَكُلُّ صَغِيرٍ وَكَبِيرٍ مُّسْتَطَرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir kichigu katta (ishlar) satrlangandir.Ҳар бир кичигу катта (ишлар) сатрлангандир.Alauddin Mansour: Har bir kichik va katta (amal Lavhul-Mahfuzda) bitilmishdir.Ҳар бир кичик ва катта (амал Лавҳул-Маҳфузда) битилмишдир.

531-sahifa · 27-juz · 53-hizb531-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكُلُّva har birва ҳар бирصَغِيرٍۢkichikкичикوَكَبِيرٍۢva kattaва каттаمُّسْتَطَرٌsatrlangandirсатрлангандир
TafsirТафсир

Makka mushriklari, qanday qilib insonning ishlarini satrlarga yozib, hujjat toʻplab borish mumkin, deb oʻsha vaqtda ajablangan boʻlishlari mumkin. Ammo biz hozirgi hisob-kitoblarni, yozish asboblarini koʻrib-bilib turib, qandoq qilib bu haqiqatni inkor eta olamiz? Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz alayhissalom Oisha onamizga: «Ey Oisha! Kichik gunohlardan hazir boʻlgin, albatta, Alloh tomonidan ularni hisoblovchi bor», degan ekanlar. Said ibn Aslam ushbu hadisi sharifni Omir ibn Hishomga rivoyat qilganlarida, u kishi: «Ey, azizim Ibn Aslam, bir kuni Sulaymon ibn Mugʻiyra kichik gunoh qilibdi-da, uni haqir sanabdi (eʼtiborga olmabdi), kechasi tushida birov kelib: «Gunohlardan kichigini haqir sanama, Albat kichik ertaga katta boʻladi. Agar kichik gunoh qay vaqt ham qilinsa, Allohning huzurida satrlangan boʻladi. Nafsingni bekorchilikdan qaytar va boʻlma Sarkash va astoydil yeng shimarsang boʻlardi– Agar muhib oʻz Ilohiga muhabbat qilsa, Qalbi parvoz etib, tafakkuri ilhom boʻladi. Agar Ilohdan niyat ila hidoyat soʻrasa, Robbing hidoyat va yordamga kofiy boʻladi», degan ekan». Afsuski, hozir bizda kattayu kichik gunohlarni arzimas sanab, qilgan gunohi bilan faxrlanish avj olgan.