QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят16

فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!Бас, Роббингизнинг қайси неъматларини ёлғон дея олурсиз?!Alauddin Mansour: Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursizlar?!Бас, (эй инсонлар ва жинлар), Парвардигорингизнинг қайси неъматларини ёлғон дея олурсизлар?!

531-sahifa · 27-juz · 54-hizb531-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَبِأَىِّbas, qaysiбас, қайсиءَالَآءِneʼmatlariniнеъматлариниرَبِّكُمَاRobbingizningРоббингизнингتُكَذِّبَانِikkingiz yolgʻon deya olursizиккингиз ёлғон дея олурсиз
TafsirТафсир

Ulamolar «ikki mashriq» va «ikki magʻrib»dan murod nimaligi haqida bir necha fikrlarni aytganlar. Baʼzi fikrlarga qaraganda, «ikki mashriq» deganda quyoshning yozdagi va qishdagi chiqish joylarini, hamda «ikki magʻrib» deganda yozdagi va qishdagi botish joylarini tushunish kerak.

Boshqa bir fikrga koʻra, bular eng uzun kundagi va eng qisqa kundagi chiqish va botish joylaridir.

Baʼzi ulamolar esa, ularni quyoshning va oyning chiqish va botish joylaridir, deganlar. Xulosasini aytganda, hammasi uygʻunlashgan holda toʻliq maʼnoni ifoda etadi.

Quyosh va oyning chiqib-botib turishining oʻzi bandalar uchun katta ilohiy neʼmatdir. Quyosh chiqmay qolsa yoki botmay qolsa, holimiz ne kechar edi? Shuningdek, oy chiqmay yoki botmay qolsa-chi? Ular inson oʻzini tanigandan buyon maʼlum vaqtda chiqib, maʼlum vaqtda botadi. Shu bois, bir necha yillik taqvim qilinsa ham toʻgʻri chiqadi. Biron kuni bir lahzaga kech yoki erta boʻlgan emas. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi tezlashsa yoki sekinlashsagina, yerda hayot qolmaydi. Demak, hozirgi holat, darhaqiqat, Alloh taoloning bizga bergan ulugʻ neʼmatlaridir. Xoʻsh, buni siz bilan bizga kim berishi mumkin? Rohman sifatli Allohdan boshqa hech kim bera olmaydi!