QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят2

عَلَّمَ ٱلْقُرْءَانَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qur'onni o`rgatdi.Қуръонни ўргатди.Alauddin Mansour: Qurʼonni taʼlim berdi.Қуръонни таълим берди.

531-sahifa · 27-juz · 54-hizb531-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
عَلَّمَoʻrgatdiўргатдиٱلْقُرْءَانَQurʼonniҚуръонни
TafsirТафсир

Avval aytganimizdek, «Ar-Rohman» Alloh taoloning ismlaridan biri va sifatlaridan biridir. Maʼnosi cheksiz rahimlilikdir. Rahimlilik insonga nisbatan aytilganda yumshoqlik, mehribonlik maʼnosini anglatsa, Alloh taoloning sifati maʼnosida mehribonlik, ehson va rizq berish maʼnolarini ham anglatadi. «Ar-Rohman» deb birinchi soʻzning alohida oyat boʻlib suraning boshlanishi oʻziga xos ajoyib bir holatni vujudga keltiradi. Taʼsiri ham oʻzgacha boʻladi. Keyingi oyatlarda ushbu oyat maʼnosini sharhlash, Allohning insonlaru jinlarga ato qilgan neʼmatlarini eslatish oʻz aksini topgan ekan, birinchi boʻlib eng ulkan neʼmat–Qurʼoni Karim tilga olinadi.

Rohman Oʻz bandasi Muhammad alayhissalomga Jabroil farishta orqali Qurʼonni oʻrgatdi. Qurʼoni Karimni oʻrgatish neʼmati bosh- qa neʼmatlardan benihoya ulugʻdir. Shuning uchun ham, mazkur neʼmat birinchi boʻlib zikr qilinyapti. Chuqurroq oʻylab koʻrilsa, Qurʼonni oʻrgatish neʼmati insonni yaratish neʼmatidan ham ustun qoʻyilgan. Agar Qurʼon boʻlmasa, iymon boʻlmaydi. Alloh taoloni tanib boʻlmaydi, yaxshilik boʻlmaydi. Qurʼon boʻlmasa, inson badbaxt, qonxoʻr, poraxoʻr, oʻgʻri, muttaham boʻladi. Shuning uchun ham, Qurʼon barcha neʼmatlardan ustun turadi.