QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят24

وَلَهُ ٱلْجَوَارِ ٱلْمُنشَـَٔاتُ فِى ٱلْبَحْرِ كَٱلْأَعْلَـٰمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Dengizlarda tog`dek bo`lib suzib yuruvchilar ham Unikidir.Денгизларда тоғдек бўлиб сузиб юрувчилар ҳам Уникидир.Alauddin Mansour: Dengizdagi togʻlar kabi baland koʻtarilgan qatnovchilar (yaʼni, yelkanli kemalar) ham yolgʻiz U zotnikidir.Денгиздаги тоғлар каби баланд кўтарилган қатновчилар (яъни, елканли кемалар) ҳам ёлғиз У зотникидир.

532-sahifa · 27-juz · 54-hizb532-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَهُva Unikidirва Уникидирٱلْجَوَارِsuzib yuruvchilar (kemalar)сузиб юрувчилар (кемалар)ٱلْمُنشَـَٔاتُbaland koʻtarilganбаланд кўтарилганفِى-da-даٱلْبَحْرِdengizdaденгиздаكَٱلْأَعْلَـٰمِtogʻlardekтоғлардек
TafsirТафсир

Haqiqatan, kemalar Allohning ulugʻ neʼmatidir. Ularning dengizu ummonlarda yurishi, turli hollarda ham suv ustida turishi, insonga kerakli ishlarni bajarishi–hammasi ulkan foydadir.

Oyatda kemalarning «togʻdek» deb sifatlanishining oʻzi moʻʼjizadir. Sahroda oʻsgan arablar diyorida nozil boʻlgan Qurʼoni Karim bundan oʻn toʻrt asr muqaddam togʻdek kemalarni qayerdan bilishi mumkin? Oʻsha vaqtda arablar kemani bilmasdilar. Borlari ham kichkina-kichkina boʻlardi. Hozirgi kunimizda ushbu oyatning tasdigʻini koʻrib turibmiz: togʻdek kemalar minglab yoʻlovchilarni, minglab tonna yuklarni koʻtarib suzib yurishibdi.

Bularning hammasi Rohman sifatli Alloh taoloning neʼmatidir.