سَنَفْرُغُ لَكُمْ أَيُّهَ ٱلثَّقَلَانِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sizlar uchun vaqt topamiz, ey, insu jinlar!Албатта, сизлар учун вақт топамиз, эй, инсу жинлар!Alauddin Mansour: Yaqinda (Qiyomat qoyim boʻlgan Kunda) sizlar(ni hisob-kitob qilish) uchun forigʻ boʻlajakmiz, ey insu jinlar!Яқинда (Қиёмат қойим бўлган Кунда) сизлар(ни ҳисоб-китоб қилиш) учун фориғ бўлажакмиз, эй инсу жинлар!
Bu oyati karima inson ongining qabul qilishiga oson boʻlishi uchun insoniy iboralar bilan keltirilmoqda. Odatda, odam bironta boshqa kishi bilan alohida hisob-kitob qilib olmoqchi va qilmishiga yarasha jazo bermoqchi boʻlsa, hali sening ham fursating kelib qolar, oʻshanda gaplashamiz, qabilida gap aytadi. Alloh taolo mashgʻul emaski, boshqa ishga qoʻli tegmay qolsa. Lekin soʻzining taʼsirchan boʻlishi va tahdidi kuchli chiqishi uchun oyatda mashhur iboralar ishlatilgan. Qiyomat kunida insonlaru jinlarning hisob- kitobi uchun faqat Rohman sifatli Alloh taologina qodirdir.