وَلِمَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِۦ جَنَّتَانِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbisi huzurida turishdan qo`rqqanlar uchun ikki jannat bor.Роббиси ҳузурида туришдан қўрққанлар учун икки жаннат бор.Alauddin Mansour: Parvardigori (huzurida) turishidan (yaʼni, oʻzining Parvardigor oldida turib, hayoti dunyoda qilib oʻtgan barcha amallariga javob berishdan) qoʻrqqan kishi uchun ikki jannat bordir.Парвардигори (ҳузурида) туришидан (яъни, ўзининг Парвардигор олдида туриб, ҳаёти дунёда қилиб ўтган барча амалларига жавоб беришдан) қўрққан киши учун икки жаннат бордир.
Qiyomat kuni Parvardigori olamning huzurida savollarga javob berishdan, hisob-kitob maqomidan qoʻrqib, tirikligidayoq tayyorgarlik koʻrib, yaxshilik bilan kun kechirganlarga ikki jannat bor ekan.
«Ikki jannat»ning bir necha sharhlari bor, jumladan, insonlarga alohida jannat, jinlarga alohida jannat yoki ikkovlaridan har birlariga ikkitadan jannat, gunohkorlar jahannam bilan oʻta qaynoq suv oʻrtasida aylansalar, taqvodorlar birinchi jannatlari, yaʼni, bogʻlari bilan ikkinchi jannatlari–bogʻlari orasida sayr qilib yuradilar. Yaʼni, rohat ustiga rohat, farogʻat ustiga farogʻat.