QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят78

تَبَـٰرَكَ ٱسْمُ رَبِّكَ ذِى ٱلْجَلَـٰلِ وَٱلْإِكْرَامِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulug`lik va ikrom egasi bo`lmish Robbingizning ismi muborak bo`ldi.Улуғлик ва икром эгаси бўлмиш Роббингизнинг исми муборак бўлди.Alauddin Mansour: Buyuklik va karam sohibi boʻlgan Parvardigoringizning nomi barakotli — buyukdir.Буюклик ва карам соҳиби бўлган Парвардигорингизнинг номи баракотли — буюкдир.

534-sahifa · 27-juz · 54-hizb534-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تَبَـٰرَكَmuborak boʻldiмуборак бўлдиٱسْمُismiисмиرَبِّكَRobbingningРоббингнингذِىegasi boʻlmishэгаси бўлмишٱلْجَلَـٰلِulugʻlikулуғликوَٱلْإِكْرَامِva ikromва икром
TafsirТафсир

Imom Abul Barakot Nasafiy oʻzlarining «Madorik» tafsirlarida «Ar-Rohman» surasi tafsiri soʻngida quyidagi fikrni yozib qoldirganlar:

«Fa biayyi alaai robbikuma tukazzibaan» oyati ushbu surada oʻttiz bir marta takrorlandi, shulardan sakkiz martasi Allohning ajoyib sanʼati, qudrati, xaloyiqning yaratilishi, ularning qayta tirilishi zikridan keyin, yettitasi esa, doʻzax va uning qiyinchiliklari zikridan keyin (doʻzaxning eshiklari yettitadir), undan keyingi sakkiztasi esa, jannat va uning ahli zikridan keyin (jannatning eshigi ham sakkiztadir) kelgan. Soʻnggi sakkiztasi esa, martabasi pastroq jannat va uning vasfidan keyin kelgan. Kimki avvalgi sakkiztaga eʼtiqod qilsa va unga yarasha amal qilsa, Alloh taolo unga jannat eshiklarini ochib, doʻzax eshiklarini yopur».