QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят77

فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!Бас, Роббингизнинг қайси неъматларини ёлғон дея олурсиз?!Alauddin Mansour: Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursizlar?!Бас, (эй инсонлар ва жинлар), Парвардигорингизнинг қайси неъматларини ёлғон дея олурсизлар?!

534-sahifa · 27-juz · 54-hizb534-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَبِأَىِّbas, qaysiбас, қайсиءَالَآءِneʼmatlariniнеъматлариниرَبِّكُمَاRobbingizningРоббингизнингتُكَذِّبَانِyolgʻon deya olursiz?!ёлғон дея олурсиз?!
TafsirТафсир

Imom Abul Barakot Nasafiy oʻzlarining «Madorik» tafsirlarida «Ar-Rohman» surasi tafsiri soʻngida quyidagi fikrni yozib qoldirganlar:

«Fa biayyi alaai robbikuma tukazzibaan» oyati ushbu surada oʻttiz bir marta takrorlandi, shulardan sakkiz martasi Allohning ajoyib sanʼati, qudrati, xaloyiqning yaratilishi, ularning qayta tirilishi zikridan keyin, yettitasi esa, doʻzax va uning qiyinchiliklari zikridan keyin (doʻzaxning eshiklari yettitadir), undan keyingi sakkiztasi esa, jannat va uning ahli zikridan keyin (jannatning eshigi ham sakkiztadir) kelgan. Soʻnggi sakkiztasi esa, martabasi pastroq jannat va uning vasfidan keyin kelgan. Kimki avvalgi sakkiztaga eʼtiqod qilsa va unga yarasha amal qilsa, Alloh taolo unga jannat eshiklarini ochib, doʻzax eshiklarini yopur».