فِى سِدْرٍ مَّخْضُودٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular tikonsiz sidrzorlardadirlar.Улар тиконсиз сидрзорлардадирлар.Alauddin Mansour: (Ular) tikansiz butazorlarda.(Улар) тикансиз бутазорларда.
Sidr–hushboʻy hidli buta boʻlib, arablar uni hidi uchun yaxshi koʻrar ekanlar. Ammo tikani juda koʻp boʻlarkan. Oyati karima tushgan paytida baʼzi soddaroq kishilar, kishiga ozor beradigan bu tikanli buta jannatda nima qiladi, degan fikrga ham borgan ekanlar. Salim Ibn Omirdan quyidagi rivoyat keltirilgan: «Bir kuni sahroi arab kirib keldi-da: «Ey, Allohning Rasuli, Alloh taolo odamlarga ozor beradigan daraxtni jannatda zikr qilibdi?!»–dedi. Paygʻambarimiz alay- hissalom: «Qaysi daraxtni?»–deb soʻrabdilar. U kishi: «Sidrni. Uning ozor yetkazadigan tikoni bor-ku?»–debdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo «Fi sidrin maxzud», yaʼni, tikonsiz sidrzorda, deganku! Uni tikonsiz qilgan, har bir tikoni oʻrniga meva chiqaradi. U mevadan bir-biriga oʻxshamagan yetmish ikki xil taom boʻladi», dedilar».