QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят27

وَأَصْحَـٰبُ ٱلْيَمِينِ مَآ أَصْحَـٰبُ ٱلْيَمِينِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`ng taraf egalari. O`ng taraf egalari nedir?!Ўнг тараф эгалари. Ўнг тараф эгалари недир?!Alauddin Mansour: Oʻng tomon egalari... Oʻng tomon egalari (boʻlmoq) ne (saodat)dir!Ўнг томон эгалари... Ўнг томон эгалари (бўлмоқ) не (саодат)дир!

535-sahifa · 27-juz · 54-hizb535-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَصْحَـٰبُva egalariва эгалариٱلْيَمِينِoʻng tarafўнг тарафمَآneнеأَصْحَـٰبُegalariэгалариٱلْيَمِينِoʻng tarafўнг тараф
TafsirТафсир

Sidr–hushboʻy hidli buta boʻlib, arablar uni hidi uchun yaxshi koʻrar ekanlar. Ammo tikani juda koʻp boʻlarkan. Oyati karima tushgan paytida baʼzi soddaroq kishilar, kishiga ozor beradigan bu tikanli buta jannatda nima qiladi, degan fikrga ham borgan ekanlar. Salim Ibn Omirdan quyidagi rivoyat keltirilgan: «Bir kuni sahroi arab kirib keldi-da: «Ey, Allohning Rasuli, Alloh taolo odamlarga ozor beradigan daraxtni jannatda zikr qilibdi?!»–dedi. Paygʻambarimiz alay- hissalom: «Qaysi daraxtni?»–deb soʻrabdilar. U kishi: «Sidrni. Uning ozor yetkazadigan tikoni bor-ku?»–debdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo «Fi sidrin maxzud», yaʼni, tikonsiz sidrzorda, deganku! Uni tikonsiz qilgan, har bir tikoni oʻrniga meva chiqaradi. U mevadan bir-biriga oʻxshamagan yetmish ikki xil taom boʻladi», dedilar».