QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят36

فَجَعَلْنَـٰهُنَّ أَبْكَارًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ularni bokira qizlar qilib qo`ydik.Бас, уларни бокира қизлар қилиб қўйдик.Alauddin Mansour: Soʻng (ularni oʻng tomon egalari uchun) bokira qizlar qilib qoʻydik.Сўнг (уларни ўнг томон эгалари учун) бокира қизлар қилиб қўйдик.

535-sahifa · 27-juz · 54-hizb535-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَجَعَلْنَـٰهُنَّbas, ularni qildikбас, уларни қилдикأَبْكَارًاbokiralarбокиралар
TafsirТафсир

Oyatlarda u dunyodagi erkaklarga beriladigan neʼmatlar haqida soʻz ketganda, albatta, ayollar ham nazarda tutiladilar. Ular ham mazkur neʼmatlarga erishadilar. Faqat, hurlar haqida soʻz ketganda, «Ayollarga-chi, ularga nima boʻladi?» degan savol tugʻiladi. Bu savolga Muhammad alayhissalomning hadislaridan javob topamiz. Mashhur muhaddislardan Abul Qosim at-Tobaroniy rivoyat qilgan uzun hadisda jumladan shunday deyiladi: «Ummu Salama:

«Ey Rasululloh, Allohning «ʼuruban atroban» degan oyati haqida gapirib bering», dedi. Ul zot:

«Ular bu dunyodan qarib, sochi oqarib, koʻrimsiz boʻlib ketgan kampirlar boʻlib, ularni qiyomatda Alloh taolo tengqur, bokira, ehtirosli, mahbuba qizlar qilib qayta yaratadi», dedilar.

Ummu Salama onamiz:

«Ey Rasululloh, bu dunyoning ayollari afzalmi, huri iynlarmi?» – dedilar. Ul zot:

«Ey, Ummu Salama, bu dunyoning ayollari huri iynlardin afzaldir», dedilar. Ummu Salama onamiz:

«Nimalari bilan?»–deb soʻradilar.

Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Namozlari, roʻzalari, Allohga ibodatlari bilan. Alloh ularning yuzlariga nur, jasadlariga ipak kiygazgan. Ranglari oppoq, kiyimlari yashil, zebu ziynatlari sariq, taroqlari tillodan. «Mangumiz, oʻlmaymiz, zor boʻlmaymiz, bir joyda yashaymiz, koʻchmaymiz, rozimiz, achchigʻlanmaymiz; biz kimniki boʻlsak, kim bizniki boʻlsa, yashasin», deydilar», dedilar.

Ummu Salama onamiz:

«Ey Rasululloh, bu yerda baʼzi ayollar ikki, uch, toʻrt erga tegadilar, u dunyoda hammalari jannatga kirsalar, ayol qaysi er bilan boʻladi?»–dedilar.

Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Ey, Ummu Salama, u ayolning ixtiyoriga qoʻyiladi. Erlarning ichida eng xulqi yaxshisini tanlaydi. «Allohim mana bu menga yaxshi xulqli boʻlgan edi, meni shunga bergin, deydi. Ey, Ummu Salama, yaxshi xulq ikki dunyoning yaxshiligiga erishtiradi», dedilar».