وَكَانُوا۟ يَقُولُونَ أَئِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَـٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va: «Biz o`lib, tuproq va suyak bo`lsak ham, qayta tiriltirilamizmi?Ва: «Биз ўлиб, тупроқ ва суяк бўлсак ҳам, қайта тирилтириламизми?Alauddin Mansour: Va: «Bizlar oʻlib, tuproq va suyaklarga aylangach, rostdan ham qayta tirilguvchimizmi,Ва: «Бизлар ўлиб, тупроқ ва суякларга айлангач, ростдан ҳам қайта тирилгувчимизми,
Mazkur uch gunoh–kufru shirk, hoyi-havasga berilish va qayta tirilishga ishonmaslik–bir-birlariga uzviy bogʻliq boʻlib, insoniyatning halokatiga asosiy sababdir. Hoyi-havasga berilish, faqat lazzat, maiyshat ortidan ovora boʻlib oʻtish insonni buzadi. Qaysi qavm ushbu narsaga mubtalo boʻlsa, muqarrar halokatga uchraganligi tarixdan maʼlum.
Qiyomatga, jumladan, oʻlgandan soʻng qayta tirilishga ishonmaslik ham barcha gunohlarning boshidir. Modomiki, insonda ushbu aqiyda boʻlmas ekan, uning insonligi qolmaydi. Bu dunyoda hamma narsaga erishib qolishga harakat qiladi. Qayta tirilishga ishonmovchi kimsa bu dunyoning besh kunlik dunyo ekanligini, tez oʻtib ketishini biladi va fursatni qoʻldan bermay deb, koʻngliga kelgan ishni qila boshlaydi. Natijada, u kufr va mushriklik gunohiga botib ketadi. Buning oqibatida esa, oxiratda chap taraf egalaridan boʻlib qoladi.
Soʻngra Alloh taolo Paygʻambariga mushrik va kofirlarning yuqoridagidek savollariga quyidagicha javob berishga buyuradi:
Ey Paygʻambar!