QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят59

ءَأَنتُمْ تَخْلُقُونَهُۥٓ أَمْ نَحْنُ ٱلْخَـٰلِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni sizlar yaratasizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?!Уни сизлар яратасизми ёки Биз яратувчимизми?!Alauddin Mansour: Uni sizlar (komil inson qilib) yaraturmisizlar yoki Biz yaratguvchimizmi?!Уни сизлар (комил инсон қилиб) яратурмисизлар ёки Биз яратгувчимизми?!

536-sahifa · 27-juz · 54-hizb536-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ءَأَنتُمْsizlarmiсизлармиتَخْلُقُونَهُۥٓuni yaratasizlarуни яратасизларأَمْyokiёкиنَحْنُBizБизٱلْخَـٰلِقُونَyaratuvchilarmizяратувчилармиз
TafsirТафсир

Insonning yaralishi erkak kishi maniysining ayol kishi bachadoniga toʻkilishi va u yerdagi urchishdan boshlanadi.

Demak, inson yaratilishining boshlanish jarayoni erkakning maniysi ekan. Oʻsha maniyni kim yaratadi? Insonning oʻzi yaratadimi? Yoʻq, albatta, buni Rohman sifatli Alloh taolo yaratmasa, boshqa hech kim yarata olmaydi. Inson bu ishda vositachi, xolos. Umuman, odamning dunyoga kelishida ota-ona bir vosita boʻladilar, xolos. Erkak urugʻi ayol bachadoniga toʻkilib boʻlgach, endi bundan uyogʻiga ikkovlari ham hech bir jarayonga aralasha olmay, tomoshabin boʻlib qarab turaverishadi. Boshqa hech narsa qila olishmaydi. U bir tomchi jirkanch suvning barkamol insonga aylanishi uchun Alloh taoloning qudrat qoʻli ishga tushadi.

Ilmiy tadqiqotlardan soʻng tasdiqlangan natijalarga koʻra, erkakdan ayol bachadoniga tushgan maniyda millionlab hayvonlar boʻlar ekan. Shulardan faqat bittasigina ayol tuxumi bilan urchiydi ekan. Ana shu paytda inson shakllana boshlaydi. Urchishdan keyin tuxumcha million-million hujayralarga boʻlinadi. Ularning har bir toʻpi oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, boshqasidan farq qiladi. Bir toʻpi suyak hujayralari boʻlsa, boshqasi asab hujayralari, uchinchisi koʻz boʻlishi lozim boʻlgan hujayralar, toʻrtinchisi quloq va hokazo. Bu toʻplarning har biri oʻz vazifasini toʻla bajarishga kirishadi. Koʻz hujayralari juda aniqlik va noziklik bilan oʻz joyini topib joylashib, koʻzni tashkil qiladilar, qoringa yoki songa yopishib qolmaydilar. Aynan koʻz boʻladilar. Dunyoning mashhur rassomlari oʻxshata olmay qiynaladigan moʻʼjiza koʻzga aylanadilar. Boshqa hujayra toʻplari ham, xuddi shunga oʻxshab, oʻz vazifalarini ado etadilar. Ushbu ishlarning qaysi biriga inson, ota yoki ona aralasha oladi? Yoki bu jarayonlar oʻz-oʻzidan kechadi, deb oʻylaysizmi?

Undan keyin, inson deganimiz, faqat koʻz, quloq, qoʻl, oyoqdan iborat emas. Uning ruhi bor. Insonga ruhni kim beradi? Uning his-tuygʻulari, feʼl-atvori, tafakkuri va hokazolari bor. Bularni unga kim beradi? Otasimi yoki onasimi? Yo boʻlmasa, bu narsalar ham tasodifan paydo boʻlib qoladimi?

Javob bitta, u ham boʻlsa, insonga bularning hammasini Rohman sifatiga ega boʻlgan Alloh taoloning Oʻzigina berishga qodir.

«Insonning boshlanishi» deganda shular tushuniladi. Uning oxiri ham ulkan moʻʼjiza, kishining aqlini lol qoldiradigan ishdir. Buni ham gʻofil inson tuzukroq oʻylab koʻrmaydi. Har kuni qanchadan- qancha kishilar vafot etadi. Lekin bu jarayonni hech kim tafakkur ila kuzatmaydi. Oʻlim koʻp takrorlanaverganidan inson bu hodisaga koʻnikib qolgan. Aslini olganda, bu hodisa ham Alloh azza va jallaning qudratiga dalolat. Keyingi oyatlar ushbu haqiqatni bayon qiladi.