نَحْنُ قَدَّرْنَا بَيْنَكُمُ ٱلْمَوْتَ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Orangizdagi o`limni Biz belgilaganmiz va Biz ojiz emasmiz.Орангиздаги ўлимни Биз белгилаганмиз ва Биз ожиз эмасмиз.Alauddin Mansour: Sizlarning oʻrtangizdagi oʻlimni ham Biz belgilab qoʻygandirmiz (yaʼni, sizlarga hayotni ham, oʻlimni ham Biz berurmiz) va Biz ojiz emasdirmiz.Сизларнинг ўртангиздаги ўлимни ҳам Биз белгилаб қўйгандирмиз (яъни, сизларга ҳаётни ҳам, ўлимни ҳам Биз берурмиз) ва Биз ожиз эмасдирмиз.
Oʻlim oʻzi nima? Qayerdan keladi? Kim uni boshqaradi? Shu kabi savollarga faqat «Alloh» deb javob berishdan oʻzga chora yoʻq. Alloh agar xohlasa, hozirgi insoniyatning hammasini birdaniga yoʻqotib, oʻrniga toat-ibodatliroq boshqalarini yaratib olish qudratiga ega.
Alloh taolo hozirgi insonlarni oʻzlarining xayollariga ham kelmagan shaklda, boshqacha holda yaratishi ham mumkin. Unga buning hech qiyini yoʻq. Chunki, yoʻqdan bor qilgan Alloh taologa borni boshqacha holatga oʻzgartirish hech qanday qiyinchilik tugʻdirmaydi. Yoʻqdan bor qilish qanday boʻlishining bayoni yuqoridagi oyatlarda keldi, buni hamma bildi.